Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank mamlakatimiz bo‘ylab maktab o‘quvchilari va talabalari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi.
21 May 2024
Har yili o‘tkaziladigan Global Money Week doirasida Kapitalbank O‘zbekiston Markaziy banki bilan birgalikda Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Samarqand shaharlaridagi 25 ta maktab va 2 ta oliy o‘quv yurtlarida yoshlar o‘rtasida seminarlar o‘tkazdi.

Сайт_ 700x500 px Ru-3.png

— Bilimga sarmoya – kelajak uchun eng ishonchli omonatdir. Yoshlarga moliyaviy savodxonlikni o‘rgatish jamiyatning barqaror rivojlanishi va farovonligining garovidir, — deydi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Mashg‘ulotlar davomida talabalar va maktab o‘quvchilari omonatning asosiy shartlari, afzalliklari va ular bilan bog‘liq risklar bilan tanishib, passiv daromad manbai sifatida omonat mavzusini muhokama qildilar.

Сайт_ 700x500 px Ru-1.png

Seminarlar davomida ishtirokchilar ma'ruzlarni nafaqat tinglabgina qolmay, balki muhokamalarda qatnashdilar, mutaxassislar bilan birgalikda moliyaviy savodxonlik muammolarini hal qildilar va test sinovlarida o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Dars materiallarini eng yaxshi o'zlashtirgan talabalar moliyaviy savodxonlik mavzusini davomiy o'rganish uchun rag'batlantirish maqsadida sovg'alarga ega bo'ldilar.

Сайт_ 700x500 px Ru-2.png
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 277

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech