Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank jamoasining sport yutuqlari
22 May 2024
O'tgan oy davomida “Kapitalbank” xodimlari ikkita xalqaro poygada qatnashib, uchinchi poygaga hozirlik ko‘rmoqda.

21 aprel kuni “Kapitalbank” jamoasi 6-Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etgan bo‘lsa, 5 may kuni bank xodimlari “City Run Kokand” poygasida ishtirok etish uchun Qo‘qon shahriga jo‘nab ketishdi.

Endilikda “Kapitalbank” jamoasi yangi sport cho‘qqilarini zabt etishga hozirlik ko‘rmoqda – 2 iyun kuni Zominda bo‘lib o‘tadigan marafonda ishtirok etish uchun 350 dan ortiq bank xodimlari ro‘yxatdan o‘tishdi.

Сайт_ 700x500 px Ru 1 (2).png

— Bu yil “Kapitalbank” jamoasi ilk bor 350 dan ortiq ishtirokchini jamlagan holda rekord o‘rnatdi, — deydi “Samarqand Marafoni” poygalar turkumi kuratori Mirxon Sagitov. — O‘zbekistonda yugurish madaniyatini rivojlantirayotgan kompaniyalar soni yildan-yilga ortib borayotganidan xursandmiz. Biz bunga o'z hissamizni qo'shganimizdan xursandmiz va barcha ish beruvchilarni, xuddi Kapitalbank kabi, o'z xodimlarining sport intilishlarini qo'llab-quvvatlashga taklif etamiz.

O‘zbek poygalarida Kapitalbankning asosiy yuzi marketing bo‘limining brendlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shirin Yusupova bo‘ldi. 2023-yilda Shirin birinchi bor 50 km masofaga yugurib, Zomin ultramarafonidagi boshqa ishtirokchilar orasidan bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Сайт_ 700x500 px Ru 4 (2).png

— Men talabalik yillarida yugurishni boshlaganman, lekin u paytlarda yugurish bugungidek mashhur emas edi. Hozir O‘zbekistonda sport tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda. O‘tgan yilning o'zidayoq “Kapitalbank” jamoasi tarkibida uchta marafon va ikkita ultramarafonda (masofa 50 km) qatnashdim, — deydi Shirin Yusupova. — Menga hamkasblarim bilan birgalikda yugurish juda yoqadi - bu yugurishda o'zaro yordam va hamjihatlikning o'ziga xos muhitini yaratadi va keyinchalik bu ish joyida ham davom etadi.

Oxirgi bir necha yil davomida bank xodimlari 10 dan ortiq turli sport musobaqalarida qatnashib, turli poygalarda 300 km dan ortiq masofani yugurib o'tdilar.

— Kapitalbank sog'lom turmush tarziga sodiqlik va chempion bo'lish istagini namoyon etayotgan xodimlari bilan faxrlanadi, bu bankimizning asosiy qadriyatlaridan biridir, — deydi Oksana Lindina, kadrlar siyosati departamenti direktori, ATB “Kapitalbank” boshqaruvi a'sozi. — Bunday tadbirlarda ishtirok etish istagini bildiruvchilar soni yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rib turibmiz! Bu, shubhasiz, jamoaviy ruhni mustahkamlaydi va jamoada ijobiy muhit yaratib, bankimiz muvaffaqiyati va ravnaqiga hissa qo‘shadi.

Yil oxirigacha bank xodimlari yana uchta marafonda qatnashishni rejalashtirgan. Bo‘lajak tadbirlar, joriy bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, karyera qurish uchun foydali kontent haqida batafsil ma’lumotlarni “Kapitalbank” ATBda karyera Telegram-kanalida bilib olishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 347

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech