Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi
16 Feb 2024
“Ahbor-Reyting” reyting agentligi 2023-yilning to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra “Kapitalbank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “O‘zA+” darajasida “Ijobiy” prognoz bilan tasdiqladi. Agentlik barqaror o'sib borayotgan ko'rsatkichlar, samarali risklarni boshqarish, yuqori obro' va brend xabardorligi, muvozanatli likvidlik pozitsiyasi va maqbul kapitallashuvi bilan bankning barqaror moliyaviy holatini qayd etdi.

— Barqarorlik bank uchun asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, biz doimiy ravishda reytinglarda yuqori o‘rinlarni saqlab qolamiz. Biz uchun moliyaviy ko‘rsatkichlardan tashqari, xizmat ko‘rsatish sifati ham muhim”, — dedi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — “Kapitalbank” butun mamlakat bo‘ylab millionlab xususiy mijozlar va tadbirkorlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Avvalroq S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATB reytingini barqaror prognoz bilan B darajasida tasdiqlagan edi. S&P Global Ratings tahlilchilari, shuningdek, Kapitalbank brendining yuqori tan olinishi va hududiy filiallarning keng tarmog‘i, bankning chakana savdo, kichik va o‘rta biznesga e’tibor qaratilishi hamda ularning mamlakat moliya tizimi uchun ahamiyatini ta’kidladi.

Ahbor-reyting haqida
“Ahbor-Reyting” reyting agentligi- tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari, korporativ obligatsiyalar emitentlari, lombardlar, mikrokreditlar va boshqa tashkilotlarga reyting xizmatlarini ko‘rsatish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 9-noyabrdagi 427-sonli qarorini bajarish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekistonning birinchi reyting agentligidir.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 428

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech