Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning eng ishonchli banklari qatoriga kirdi
23 Sep 2022

Rossiyaning Forbes jurnali tahlilchilari baholashlariga ko‘ra, Kapitalbank O‘zbekistondagi eng ishonchli banklar 10 taligidan joy olgan. Asosiy reyting mezonlari xalqaro reyting agentliklarining baholari, shuningdek, 2022-yil 1-aprel holatiga ko‘ra aktivlar hajmi bo‘ldi.

2021-yilda “Kapitalbank” aktivlari birdaniga ikkita yetakchi reyting agentliklari tomonidan sinovdan o‘tkazildi: Standard & Poor’s va Moody’s — ikkala agentlik ham bankning rivojlanish prognozini ijobiy deb baholadi. Xalqaro auditorlarning bahosi “Ahbor-Reyting” milliy agentligi tomonidan ham tasdiqlandi va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, “Kapitalbank” moliyaviy vositachilik va aktivlar sifati sohasida eng yuqori natijalarni ko‘rsatib, faollik bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, aktivlari bo‘yicha bank O‘zbekistondagi xususiy banklar orasida birinchi o‘rinda turadi.

“Bankning ishonchliligi oʻzining shaxsiy jamgʻarmalari bilan “Kapitalbank”ga ishonib, oʻz biznesini rivojlantirish va oilasi farovonligini oshirish maqsadida mahsulotlarimizdan faol foydalanayotgan mijozlarimiz uchun ham, bankning xalqaro hamkorlari uchun ham eng muhim koʻrsatkichdir”, — dedi Kapitalbank boshqaruvi raisi Alisher Mirzaev. — Albatta, bank aktivlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz Forbes tahlilchilari tomonidan qayd etilganidan xursandmiz, lekin biz uchun asosiysi “Kapitalbank”ni mamlakatimizdagi 1,4 milliondan ortiq aholi tanlagani.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 675

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech