Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank ESG loyihasi uchun “Oltin Chinor” birinchi Milliy mukofotiga sazovor bo'ldi
27 Sep 2024
Kapitalbank “Havodek zarur” ESG loyihasi uchun “Oltin Chinor” birinchi Milliy mukofoti sovrindori bo’ldi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2024-yil 26-sentabr kuni “O‘zbekistonlik. Toshkent" IV Xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Kapitalbank va Uzum ekotizimining “Havodek zarur” qoʻshma loyihasi Progressiv islohotlar markazi va CARE CSR konsalting kompaniyasi ekspertlar guruhi tomonidan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar loyihalari orasidan tanlab olindi.

Сайт_ 700x500 px Ru 3 (8).png

Joriy yil boshidan buyon “Havodek zarur” loyihasi doirasida Kapitalbank Uzum milliy raqamli ekotizimi bilan hamkorlikda mamlakatimiz bo’ylab 30 ta aholi punktida havo sifati sensorlarini o‘rnatdi, shuningdek bank xodimlari Yashil Makon loyihasini qo'llab-quvvatlab, 35 mingdan ortiq daraxt ekishdi.

“Biz jamoamiz bilan birgalikda millionlab o‘zbekistonliklarga sarmoya kiritish va jamg‘arish, o‘z bizneslarini rivojlantirish, oila moliyasini boshqarishda ko‘maklashib, kelajakni qurmoqdamiz, – deydi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov. — Shu bilan birga, bizning umumiy kapitalimiz bu ekologiya, atrof-muhit holati, suv va havo sifati bo‘lgani uchun Kapitalbank jamoasi mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashga muntazam hissa qo‘shib kelmoqda. Ishimizning ushbu yo’nalishi ham e’tirof etilganidan xursandman, chunki bu bizning jamoamiz uchun faqat boshlanishidir.

Сайт_ 700x500 px Ru 2 (8).png

Texnologiyalar mamlakatning millionlab aholisi manfaati uchun ishlay oladi va ishlashi kerak, - deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentiev. — Biz mamlakat bo'ylab ulkan infratuzilmani qurdik, eng zamonaviy xizmatlarni va millionlab mahsulotlarni O'zbekistonning barcha hududlari aholisi uchun qulay qilib qo'ydik, xayriya jamg'armalariga yordam berish yoki "Havodek zarur" kabi ekologik tashabbuslar bo'lsin - bu infratuzilma bizning ijtimoiy loyihalarimizni amalga oshirish uchun asos bo'ldi.

SOVRIN HAQIDA

“Oltin chinor” – Uzbekistan's Club global platformasi jurnali tomonidan ta’sis etilgan birinchi Milliy ijtimoiy mas’uliyat mukofoti. G‘oliblar ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv loyihalari orqali barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘z biznes modellariga muvaffaqiyatli integratsiyalashtirgan kompaniyalardir.

FORUM HAQIDA

Forum tashkilotchisi – “Uzbekistan's Club” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti. Ushbu tadbir bilan global platforma o‘zining asosiy vazifasini ommalashtirishda davom etmoqda: O‘zbekiston fuqarolarini birlashtirish va ularning iqtidorli, mehnatkash va intellektual xalq sifatidagi qiyofasini yuksaltirish. Forum O‘zbekiston hududida ilk bor tashkil etildi. Ilgari ushbu keng ko'lamli tadbir Berlin, Parij va Londonda bo'lib o'tgan.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 157

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech