Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Kapitalbank» eng yaxshi xodimlarni taqdirladi
27 Mar 2021
Eng yaxshi xodimlarga mukofotlarni «Kapitalbank» Boshqaruv Raisi Alisher Mirzayev topshirdi. O'zining kirish nutqida rahbar ushbu tadbir bank o'z xodimlariga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ishonch va minnatdorchilikning kichik bir qismi ekanligini ta'kidladi.  Har bir bank xodimining umumiy ishning muvaffaqiyatiga qo'shgan hissasi bebahodir.

 Filiallar 2020-yildagi faoliyatning asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha baholandi, ulardan 12 tasi "Toshkent shahrining eng yaxshi filiali", "Eng yaxshi hududiy filial", "Eng yaxshi smartbank", "Chakana kreditlash bo'yicha eng yaxshi mini-bank", "Eng sifatli kredit portfeli. Kichik kreditlash" va boshqa yo'nalishlar boʻyicha mukofotga sazovor boʻldilar.

 Eng yaxshi xodimlar "Korporativ mijozlarni jalb qilish bo'yicha eng yaxshi xodim", "Valyuta operatsiyalari boʻyicha eng yaxshi xodim", "Loyihalarni tahlil qilish bo'yicha eng yaxshi xodim" nominatsiyalari bilan taqdirlandilar, Boshqaruv raisining "Bank rivojiga qilgan vijdonan xizmati va qoʻshgan hissasi uchun" shaxsiy minnatdorchiliklari topshirildi.   Shuningdek, yuqori professional natijalarni, murakkab muammolarni hal qilishda novatorlik yondashuvini ko'rsatgan va ilg'or texnologiyalarni joriy etish bo'yicha yetakchiga aylanganlarga mukofotlar va minnatdorchiliklar topshirildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 188
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech