Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank Buxoroi sharif jamg'armasi loyihalarini qo'llab-quvvatladi
20 Feb 2024
Kapitalbank mamlakatimizning yirik davlat va xususiy banklari bilan birgalikda “Buxoroi Sharif” jamg‘armasining Buxoro viloyatining kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholisiga yordam berishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Mamlakatning eng yirik xususiy banki sifatida biz nafaqat mamlakatimizning barcha hududlari aholisi uchun moliyaviy vositalarni ishlab chiqish, balki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan fond va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash , ekologiy va madaniy merosni saqlab qolish orqali O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shishga intilamiz, - deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. “ONA fondi bilan birgalikda biz 1000 dan ortiq bolalarga yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrishda yordam berdik, Mark Vaylning “Ilhom” nomidagi teatrini rekonstruksiya qilishga koʻmaklashdik, hozirda esa “Buxoroi Sharif” jamgʻarmasi bilan birgalikda Peshkun, Buxoro va Kogon tumanlarida ehtiyojmand oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ish rejasini ishlab chiqdik.

Buxoroi Sharif fondi haqida

“Buxoroi sharif” taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi 1997-yil 5-mayda Buxoro viloyatidagi tashkilotlar rahbarlari tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi koʻmagida tashkil etilgan. Jamg‘arma ijtimoiy rivojlanish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtiradi. Olingan mablag'lar ta'lim, tibbiy yordam, ijtimoiy himoya va og'ir hayotiy vaziyatlarda bo'lgan odamlarning hayotini yaxshilashga yordam beradigan boshqa sohalardagi dasturlarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 499

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech