Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" Banklar indeksida birinchi o'rinni saqlab qoldi
13 Jul 2021
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) "Banklar faollik indeksi"ni yangiladi. Buning asosida markaz har chorakda banklar reytingini yangilaydi.

Sektorning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda banklar ikki guruhga bo'lingan, ular katta va kichik banklar. Ularning har biri uchun alohida reyting tuzilgan. 17 ta yirik banklar orasida "Kapitalbank" birinchi o'rinni saqlab qoldi va uni 2020-yilning II choragidan beri egallab kelmoqda. ITIM buni muddatli depozitlarning kreditlarning umumiy summasiga nisbati - 84% bilan izohladi. Reytingda ikkinchi o'rinni "Hamkorbank" egalladi, uchinchi o'rin esa "Trastbank"ga nasib etdi.

Xususan, bankning umumiy reytingi bir qator mezonlar bo'yicha erishilgan yutuqlardan iborat bo'ldi. Shunday qilib, kapital yetarliligi, boshqaruv sifati va daromadliligi bo'yicha "Kapitalbank" ning eng yuqori ko'rsatkichlari reytinglarda qayd etildi.

Shuni ta'kidlash lozimki, indeks ITIM tomonidan mamlakatning 31 ta tijorat banki uchun ishlab chiqilgan va har chorakda yangilanadi. Hisoblashda banklarning quyidagi yo'nalishdagi ko'rsatkichlari qo'llaniladi: moliyaviy vositachilik, moliyaviy imkoniyat, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromadlilik, likvidlik.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 85

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech