Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB Yevropaning ODDO BHF moliyaviy guruhi bilan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish to’g’risidagi Bosh bitimni imzoladi.
17 May 2023

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Samarqandda bo’lib o’yayotgan yig‘ilishi doirasida elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalar ekotizimi hisoblanmish Uzum kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi O‘zbekistonning eng yirik xususiy tijorat banki,“Kapitalbank” ATB, ODDO BHF fransuz-nemis moliyaviy guruhi bilan birgalikda eksport-kredit agentliklari (EKA) qo’l ostida eksport operatsiyalarini moliyalashtirish to’g’risidagi Bosh bitimni imzolandi.

“Kapitalbank” ATB va ODDO BHF hamkorligi eksport qiluvchi kompaniyalarga tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish kafolatlarini olish imkonini beradi, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.  

- O‘zbekiston korxonalari mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish hajmini oshirish mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sishining muhim shartlaridan biri deb hisoblaymiz. Kapitalbank” ATBning ODDO BHF guruhi o’rtasida yo’lga qo’yilgan kelishuv asosida moliyalashtirishni jalb qilishning yangi imkoniyatlari iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiya qilish va iqtisodiyotning eng istiqbolli tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish zamonaviy moliyaviy infratuzilmani shakllantirishga yordam beradi, - deya ta’kidlaydi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 557

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech