Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB “Visa bo‘yicha har kuni foiz” omonati bo‘yicha foiz stavkasini oshirdi
7 Jun 2023
Endi bank mijozlari omonatlari bo‘yicha yillik 21% olishlari mumkin, foizlar har kuni Visa so‘m kartasiga to‘lanadi. Siz bank ilovasida bir necha daqiqada omonat ochishingiz mumkin.

— “Kapitalbank” ATB mijozlariga eng moslashuvchan va ayni paytda qulay shart-sharoitlarni taqdim etish biz uchun muhim. Shunday qilib, “Visa bo‘yicha har kuni foiz” omonati katta boshlang‘ich omonatni talab qilmaydi – minimal miqdor 1 000 000 so‘mni tashkil etadi va mijozlarimiz omonatni istalgan vaqtda to‘ldirishlari yoki mablag‘ning bir qismini cheklovlarsiz yoki jarimalarsiz yechib olishlari mumkin, – deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Foiz har kuni keladi va bu, masalan, bank mahsulotlaridan passiv daromad manbai sifatida foydalanish tajribasiga ega bo‘lmagan mijozlarimiz uchun qulaydir.

Omonat muddati - 25 oy, shu bilan birga, mijoz uchun istalgan vaqtda qayta hisob-kitob qilmasdan omonatni qisman yechib olish yoki yopish mumkin. Omonat bo‘yicha foizlar esa har kuni kartaga to‘lanadi.

“Kapitalbank” ATBning jismoniy va yuridik shaxslar uchun omonat va boshqa takliflari haqida batafsil ma’lumotni bank veb-saytida yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazida:
+998 71 200 15 15
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1216

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech