Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB “Uzum Business” tadbirkorlari uchun platformasini taqdim etdi
23 Nov 2023
PLAS- forum doirasida Kapitalbankning masofaviy qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Yuliya Smirnova tadbirkorlar uchun xizmatlar va korporativ mijozlar uchun bank xizmatlarini o‘zida mujassam etgan yangi raqamli Uzum Business platformasi haqida gapirib berdi.

KB_site_1_B (5).jpg

— Uzum Business ilovasi – bu tadbirkorlarga turli vazifalarni: biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib, tashkilotning barcha to‘lovlari va hisoblarini boshqarishgacha samarali hal etish imkonini beruvchi xizmatlar tizimi – dedi Kapitalbankning masofadan turib qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Yuliya Smirnova. — Xizmatni ishga tushirishdan oldin biz keng qamrovli tadqiqotlar olib bordik va ilovani imkon qadar qulay qilish uchun tadbirkorlarga uni sinashni taklif qildik. Nima uchun Uzum Business’dan foydalanish qulay? Birinchidan, bu muntazam operatsiyalar uchun vaqt va xarajatlarni tejaydi. Ikkinchidan, tadbirkor rivojlanishga e'tibor qaratishi uchun biz profilga oid bo'lmagan vazifalarni olamiz. Nihoyat, biz mijozlarimizning muvaffaqiyati manfaatdorimiz, chunki biz ularning biznesi bilan rivojlanamiz.

KB_site_1_A (11).jpg

“Uzum Business” xizmati “Kapitalbank” ATB barcha yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs mijozlari foydalanishlari mumkin. Biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda kirish, ish haqi varaqalari, tezkor o‘tkazmalar, xorijiy valyutani ayirboshlash, muntazam to‘lov shablonlari va tranzaksiyalarni monitoring qilish – bu va boshqa muhim funksiyalar iOS va Android uchun Uzum Business ilovasida butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar uchun mavjud. Veb-versiya va ilovaning sinxronizatsiyasi tufayli har bir versiya eng so'nggi ma'lumotlarni taqdim etadi, shuning uchun siz kompyuteringizdan to'lov shablonlarini to'ldirishingiz, ilova orqali esa imzo qo'yishingiz va to'lovga yuborishingiz mumkin.

Batafsil business.kapitalbank.uz saytida yoki +998(78)148-11-22 raqamidan.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 484

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech