Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB Boshqaruvi tarkibidagi o‘zgartirishlar
18 Jan 2023
“Kapitalbank” ATB boshqaruvining yangi raisi etib avval bankning Kuzatuv kengashi a'zosi lavozimida ishlab kelgan Kirill Maevskiy tayinlandi.

700х500__.png

Kirill Maevskiy bank sohasida 19 yildan ortiq ishlaydi, “Kapitalbank”ga kelishidan oldin “Kredit Yevropa bank” AJ (Rossiya) vitse-prezidenti, keyinroq Boshqaruv a'zosi lavozimlarida ishlagan va u yerda bankning asosiy loyihalari rivojlanishi va xizmatlarini raqamlashtirish masalalarini nazorat qilgan. Kirill Leonidovichning Bank boshqaruvi raisi sifatidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari “Kapitalbank” ATB raqamli mahsulotlarini ishlab chiqish, bank mijozlari uchun yangi xizmatlar va mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘ladi.

“Bank uchun raqamlashtirish nafaqat global tendensiyaga e'tibor, balki bizning asosiy vazifamizni bajarish, mijozlarga ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishni yanada tez va qulayroq qilish imkoniyatidir. Biz o‘zbekistonliklar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchimiz, bank bo‘limlari bo‘lmagan aholi punktlariga “qo‘l uzatmoqchimiz”, - deydi Kirill Maevskiy. — Va albatta, bankning raqamli xizmatlarini rivojlantirish bilan birga, “Kapitalbank” ATB mijozlari uchun foydali takliflar soni, jumladan, Uzum ekotizimining boshqa mahsulotlari bilan integratsiyalashuv orqali ham oshadi.

700х500_.png

Bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga 2022-yil iyun' oyidan buyon boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sardor Ismoilov tayinlanadi. Sardor Ismoilov 2010 yildan buyon bank tizimida ishlab kelmoqda, “Kapitalbank” ATBga o‘tishdan oldin “Asakabank” AJ loyiha ofisini boshqargan, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankda muhim lavozimlarda ishlagan.

700х500___.png

“Kapitalbank” ATB (Bank boshqaruvi a’zosi) xavf-xatarlar bo’yicha Boshqaruv direktori etib avval Bank Kuzatuv Kengashining mustaqil a’zosi vazifasini bajargan Sabirgaliyev Erbol Marlenovich tayinlandi. Erbol Marlenovich 15 yildan ortiq vaqt davomida bank va Qozog’iston va O’zbekiston bozorlarida moliyaviy konsalting sohalari bo’yicha faoliyat yuritadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2074

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech