Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Kapitalbank» ATB «Bank faolligi indeksi» reytingida eng yaxshi bank deb e`tirof etildi
30 Jul 2020

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «Bank faolligi indeksi» ishlab chiqilgan bo'lib, u xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushini, bank sektoridagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini muntazam ravishda baholashga imkon beradi.

«Kapitalbank» umumiy reytingda va moliyaviy vositachilik va daromadlilik bo'yicha reytinglarida birinchi o'rinni egalladi. Omonat va muddatli depozitlarning bankdagi kreditlar umumiy hajmiga nisbati 82% gacha o'sdi. Ushbu ko'rsatkich respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan ancha yuqori bo'lib, bu nafaqat bankning yuqori samaradorligini, balki bizga murojaat qiladigan odamlarning katta ishonchidan dalolat beradi.

Biz barcha mijozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz va siz uchun yanada yaxshiroq bo`lishga va'da beramiz!

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 28
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech