Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Hurmatli ATB “Kapitalbank” mijozlari!
28 Apr 2022

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan 2022-yil 1-apreldan boshlab qiymati qat’iy belgilangan bank xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinishi to’g’risida me’yor joriy etildi.

Soliq kodeksi va Moliya vazirligining 2022-yil 31-martdagi 06/04-01-02-32/859-sonli Axborot xabariga muvofiq, tijorat banklari o‘z mijozlariga (yuridik shaxslarga) ko’rsatilgan bank xizmatlari uchun qat’iy belgilangan komissiyalarga hisobvaraq-fakturalarini rasmiylashtirishlari shart. Hisobvaraq-fakturalar bank uchun ko’rsatilgan xizmatlar hisobvaraq-fakturalar reestrini avtomatik tarzda shakllantirish, mijozga esa ko’rsatilgan xizmatlar uchun taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar QQS summasini hisobga olish uchun qabul qilish maqsadida rasmiylashtiriladi.

Hisobvaraq-fakturalar mijozdan yechib olingan komissiyalar asosida rasmiylashtirilganligi sababli, ularni to'lash shart emas!!!

Sizdan iltimos hisobvaraq-fakturalarni rad etmang, har qanday savol yoki muammoli vaziyatlarda filial bosh hisobchisi yoki korporativ biznes bo‘limi boshlig‘iga murojaat qiling.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 871

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech