Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Kapitalbankga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi
4 Jul 2024
Reytingni tuzish chog‘ida Fitch Ratings tahlilchilari bankning rivojlanayotgan biznes modeli, barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlari, shuningdek, yuqori rentabellik va likvidlikning yetarli darajada qoplanishini qayd etdilar.

2024-yil 3-iyul kuni Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Kapitalbankga xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (IDR) “B” darajasida barqaror prognoz va “b” barqarorlik reytingi bilan berdi.

Agentlik tomonidan e’lon qilingan xabarda so‘nggi 3 yildagi bank foydasining yuqori o‘sish sur’ati, kapital rentabelligi 50 foiz, kreditning depozitga nisbati 90 foiz, bu ko'rsatkich bozor uchun o‘rtacha 200 foiz, ekanligi qayd etilgan, shuningdek, muammoli kreditlarning 1,7% past koeffitsienti, bu sektordagi eng past ko'rsatkichlardan biridir.

— Muvaffaqiyatimiz yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings tomonidan e’tirof etilganidan mamnunmiz, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz tanlagan, bozorning yangi segmentlariga e’tibor qaratish va likvidlikni oqilona boshqarishni o‘z ichiga olgan rivojlanish strategiyasi Kapitalbankga barqaror o‘sish va moliyaviy ko‘rsatkichlarning barqarorligini ta’minlashda davom etishiga ishonchimiz komil.

Fitch Ratings prognoziga ko'ra, Kapitalbank o'rtachadan yuqori sur'atlarda o'sishda davom etadi (2024-2026 yillarda yiliga 20-25%).

Kapitalbank mamlakatdagi eng yirik xususiy banklardan biri hisoblanadi. Bank mijozlari orasida 2 milliondan ortiq chakana xizmat mijozlari va 80 mingdan ortiq kompaniya va tadbirkorlar bor. Respublikamizning barcha hududlarida “Kapitalbank”ning 100 dan ortiq filial va ofislari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fitch Ratings reyting agentligi haqida

Fitch Ratings — kredit reytinglari, tahliliy tadqiqotlar va sharhlar sohasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Standard & Poor's va Moody's bilan birgalikda u dunyodagi eng nufuzli reyting agentliklari "katta uchligi"ning biridir. Moliyaviy institutlar, banklar, sug'urta kompaniyalari, korporatsiyalar, davlatlar va munitsipalitetlarga reytinglar beradi.

Fitch Ratings 2024
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 604

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech