Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
E-commerce: to'lovlarni saytlarda, ilovalarda va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn qabul qiling.
3 Jun 2020

E- commerce yoki "elektron tijorat" Internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotish vositasidir. Xaridor kredit kartasidan mahsulot uchun to'g'ridan-to'g'ri saytingizda yoki boshqa har qanday onlayn platformada, masalan, ilovada to'lovni amalga oshiradi.

Kapitalbank bir tranzaksiya uchun atigi 1% miqdorida komissiya bilan ulanishning bir nechta variantini taklif etadi. Siz e-commerceni korxonangiz telegram botiga, saytiga yoki mobil ilovasiga, shuningdek, "Kapitalbank"ning Apelsin to'lov tizimiga ulashingiz mumkin.

"Kapitalbank"ning e-commerceiga ulaganingizda, mijozlaringiz Humo, UzCard va VISA bank kartalari yordamida to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

E-commerceni bank bo'limlarida yoki telegramdagi @Kapitalbank_support qo'llab-quvvatlovchi chatida ariza qoldirish orqali bepul ulanish mumkin.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 150
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech