Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Diqqat! Ehtiyot bo'l! Telegramda firibgarlar paydo bo'ldi, ular "Kapitalbank" ATBning texnik ta'minoti nomidan ish olib borishmoqda
20 Jul 2020

Moliyaviy yordam ko'rsatish bahonasida firibgarlar plastik kartalar va pin-kodlarning ma'lumotlarini bilib olib, keyin esa kartadan pul yechib olishadi.

Yodingizda bo'lsin! Bank xodimlari hech qachon, hech qanday sharoitda ham, sizdan kartaning PIN-kodini so'ramaydilar. PIN-kodingizni hech kimga aytmang! Pin-kodingizni sizdan boshqa hech kim- na bank xodimlari, na huquq-tartibot xodimlari bilmasligi kerak. Agar sizdan PIN-kod so'rashsa, demak siz firibgarlarga duch keldingiz. Bunday holda, darhol "Kapitalbank" ATB mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga yoki "Kapitalbank" ATBning aloqa markaziga murojaat qilishingiz kerak.

Telegramda mijozlarni qo'llab-quvvatlash uchun faqat bitta rasmiy chat mavjud - @Kapitalbank_support

Boshqa turdagi foydalanuvchi nomli chatlar mavjud emas!

Qo'llab-quvvatlash chatlari Apelsin mobil ilovasida ham mavjud.

Aloqa markazining rasmiy raqamlari: (+998) 71-200-15-15, (+998) 71-200-45-45

Qalloblikning bir usuli – og'riqli karantin mavzusi va moliyaviy qiyinchiliklar haqida spekulyatsiyadir. Bu hozirgi vaziyatda ikki karra g'ayriinsoniylik va jinoyatdir.

Doim hushyor bo'ling, spekulyatsiyalar ta`siriga tushib, aldanib qolmang!

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 351
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech