25 oktyabr 2024 y. -
y.
UZCARD O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi o‘zining 20 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli forum o‘tkazdi, unda mamlakatimizning yetakchi banklari va moliyaviy injinering kompaniyalari mutaxassislari bank sektorini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari, sohani raqamlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi masalalarni muhokama qildilar, dolzarb va insayt ma'lumotlar bilan fikr almashishdi. Forum doirasida Kapitalbank biznes uchun moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qo‘shgan muhim hissasi uchun “Korporativ biznesni rivojlantirishda yetakchi” faxriy mukofoti bilan taqdirlandi.
— Kapitalbank so‘nggi 23 yil ichida barqarorlik va samarali moliyaviy qo’llab-quvvatlashni namoyish etib, O‘zbekistondagi 90 mingdan ortiq tadbirkorlarning ishonchli moliyaviy hamkoriga aylandi, – deydi bank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Bugungi kunda biz nafaqat har qanday ko'lamdagi tadbirkorlik uchun qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqdamiz, balki mijozlarimiz biznesining uzoq muddatli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqdamiz. Milliy va xalqaro hamkorlarning tomonidan e'tirof etilishimiz — butun jamoamiz uchun muhim rag'bat bo'lib, biz to'g'ri yo'ldan borayotganimizdan dalolat beradi. Bu Kapitalbankning jismoniy va yuridik shaxslar uchun xizmatlari yanada rivojlanib, yanada qulay va texnologik jihatdan ilg‘or bo‘lishini anglatadi.
Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi, O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hamda Uzcard Bosh homiyligi ostida tashkil etilgan futbol musobaqasi ishtirokchilariga mukofotlar topshirildi. Uzcard versiyasi bo‘yicha “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasida Kapitalbank xodimi, Kadrlar siyosati va kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi Ahmad Inoyatov sazovor bo'ldi.