Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
09 aprel 2019 y. - y.
BankExpo koʻrgazmasida yrik tijorat banklari, toʻlov tizimlari vakillari, yosh moliya sohasida startaplar va davlat organlarining mansabdor shaxslari ishtirok etadi. Tadbirning birinchi kunida koʻrgazma pavilyoni ishga tushib, unda kompaniyalar oʻz ishlanmalarini namoyish etib, bozordagi sheriklari bilan tajriba almashish imkoniga ega boʻladilar. Soʻngra mikrofonga yosh jamoalar taklif etilib, ularga oʻz gʻoyalarini taqdim etish, shu orqali insonlar eʼtiborini qozonish va investorlar jalb etish kabi noyob imkoniyatga ega boʻladilar.

“Kapitalbank” - BankExpo koʻrgazmasining koʻp ypillardan buyon muttasil ishtirokchisidir. 2008 yildan buyon bizning bank ushbu maydon doirasida xususiy va korporativ mijozlar bilan muloqot qilib kelmoqda hamda rivojlanish va birgalikda muvaffaqiyat qozonish masalalarida hamjihatlikka erishishga intilgan holda biznes yuritishning shaffofligini namoyish etib kelmoqda.

2019 yil Oʻzbekistonda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan BankExpo koʻrgazmasining asosiy maqsadi moliyaviy va bank sektorlarini rivojlantirish hamda aholi bilan ishlashda shaffoflikka erishishdan iborat boʻladi. Shuningdek, koʻrgazma mamlakatda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yosh va istiqbolli loyihalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

  Ro’yxatga qaytish

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech