Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2017 yil 27 iyundan 31 iyulga qadar bankning istalgan filialida muddatli valyuta omonatini oching va Sovutgich, Konditsioner va LED televizor kabi sovrinli yutuqlar AKSIYAsining ishtirokchisiga aylaning.
Aksiyada kim qatnashishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lgan va 18 yoshga to‘lgan, ishga layoqatli har qanday Shaxs.
Qanday qilib Aksiya Ishtirokchisiga aylanish mumkin?
Aksiya amal qilish davrida “Kapitalbank” ATBda (quyida - Tashkilotchi) kamida 1000 (bir ming) AQSh dollar/evro miqdoridagi chet el valyutasidagi  istalgan muddatli omonatni ochish zarur. Ushbu mablag’lar omonat ochilayotgan bir vaqtda to‘liq kiritilgan bo‘lishi lozim.

1. Aksiya shartlari:
1.1. Aksiya o‘tkazilayotgan davrda muddatli valyuta omonatini ochishda har bir Ishtirokchi mazkur Aksiya shartlariga rozi bo‘ladi va yutuq chiqqanida Sovringa ega bo‘ladi;
1.2. har bir ishtirokchiga, ochilgan omonat sonidan qat’iy nazar, o‘ynalayotgan Sovrinlardan faqat bittasini olish imkoniyati taqdim etiladi;
1.3. ochilgan omonatlar soni Sovrinni yutib olish imkoniyatini oshirmaydi;
1.4. Har bir Ishtirokchiga o‘zining unikal kod taqdim etiladi. 2017-yil 3-avgustda  bank saytiga hamda bankning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga aksiya ishtirokchilarining raqamlari va pasport seriyalari ko‘rsatilgan ro‘yxat joylashtiriladi. Shuningdek, qo‘shimcha aniqlik kiritish uchun ishtirokchi +998903265555 raqamiga “Vklad pasport seriyasi va raqami” matni yozilgan sms-xabarni yuborishi mumkin. Natijada ishtirokchining telefon raqamiga, keyinchalik aksiya g‘olibini aniqlash uchun foydalaniladigan unikal raqami ko‘rsatilgan, sms-xabar keladi.
1.5. omonat Aksiya yakunlanadigan sanaga amal qilayotgan bo‘lishi lozim;
1.6. yutuq o‘ynaladigan sana – 07.08.2017 y.;
1.7. omonat muddatidan oldin yopilganida yoki omonat muddati Aksiya amal qilayotgan davrda yakunlanganida, Ishtirokchi Sovrinli yutuq o‘yinida qatnashish huquqini yo‘qotadi;
1.8. Aksiyada bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari – ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush o‘rtoqlari, farzandlari, shu jumladan boqib olingan farzandlari, nevaralari, shuningdek turmush o‘rtoqlarining ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari qatnasha olmaydi.

2. Sovrinli aksiyani o‘tkazish shartlari:
2.1. G‘olib 07.08.2017 y. sanasida tasodifiy raqamlarni tanlash servisi yordamida aniqlanadi;
2.2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 981-moddasiga muvofiq o‘tkaziladi;
2.3. Aksiya 2017-yil 27-iyun kuni soat 00:00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi va 2017-yil 31-iyul kuni soat 23:59:59 da (Toshkent vaqti bilan) yakunlanadi;
2.4. Aksiya Toshkent shahrida va O‘zbekiston Respublikasining hududlari bo‘ylab «Kapitalbank» ATB filiallari tarmog‘ida o‘tkaziladi;
2.5. sovrinni Aksiya g‘olibi bo‘lgan Ishtirokchiga berish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Tashkilotchi Sovrinning yo‘qolishi va/yoki ishdan chiqishi va/yoki nobud bo‘lishi uchun javobgar bo‘lmaydi;
2.6. Ishtirokchi aksiya shartlarini qabul qilar ekan, Aksiyada yutib chiqqan taqdirda, uning shaxsi ommaga e’lon qilinishi shartiga rozi bo‘ladi.

3. Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari:
3.1. Ishtirokchi, bank filialiga yozma rad etish arizasini bergan holda, istalgan paytda Aksiyada qatnashishdan voz kechish huquqiga ega.
3.2. Aksiyada qatnashish Aksiya Ishtirokchilarining mazkur Shartlar bilan tanishishini va ularga to‘liq roziligini avtomat tarzda nazarda tutadi;
3.3. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178-moddasiga muvofiq, Ishtirokchi Aksiyada yutib chiqqan taqdirda, soliq summasini byudjetga to‘lab borish uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan stavkalar bo‘yicha jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq summasini Tashkilotchining hisobiga o‘tkazish hamda STIR va SHJBPH (shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobi) berilgani haqidagi ma’lumotnomalar nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi;
3.4. Ishtirokchi o‘zi yutib olgan Sovrin yillik soliq deklaratsiyasida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan boshqa daromadlar sirasiga kirishi va Ishtirokchi ushbu deklaratsiyani soliq organlariga topshirishi haqida xabardor qilingan. Agar jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq Ishtirokchining arizasi bo‘yicha belgilangan maksimal stavkani qo‘llagan holda ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar haqidagi deklaratsiya taqdim etilmaydi.  

4. Tashkilotchining huquq va majburiyatlari:
4.1. Tashkilotchi mazkur Shartlar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Aksiyani o‘tkazishga va Ishtirokchiga Sovrinni topshirish majburiyatini oladi;
4.2. Tashkilotchi www.kapitalbank.uz Internet-saytida va boshqa axborot resurslarida Aksiya to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqini o‘zida qoldiradi.

5. Qo‘shimcha shartlar:
5.1. Tashkilotchi istalgan paytda Aksiyaning har qanday shartlari va muddatlarini o‘zgartirish, chiqarib tashlash yoki qo‘shimcha qilishga hamda Aksiyaning yangi shartlari amal qilishidan kamida 10 (O‘n) taqvim kuni oldin tegishli xabarni www.kapitalbank.uz Internet-saytida joylashtirish yo‘li bilan Ishtirokchini xabardor qilgan holda, o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha shartlarni kiritishga haqli.
Sizning omonatingiz O‘zbekiston Respublikasining “Banklarda fuqarolarning omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan kafolatlangan.
Aksiya sovrinlarining o‘ynalishi
 «Kapitalbank» ATBdan “Yoqimli yoz” aksiyasining hurmatli ishtirokchilari!
Sizlarga sovrinli yutuqlar 2017-yil 7-avgust kuni soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan) o‘ynalishi haqida ma’lum qilishdan mamnunmiz.
Sovrinli yutuq haqiqatan ham o‘ynalayotganiga ishonch hosil qilishni istagan aksiyaning har bir ishtirokchisi g‘olibni tanlash jarayonining video tasdig‘ini maxsus ochilgan www.random.org  resursi/internet saytida (quyida – sayt), tashkilotchining www.kapitalbank.uz saytida va «Kapitalbank» ATBning Facebook tarmog‘idagi sahifasida ko‘rishi mumkin.
G‘oliblarni aniqlash
“Yoqimli yoz” aksiyasining sovrindorini aniqlash jarayoni shaffof bo‘lishi uchun g‘oliblarning nomlari www.random.org sayti yordamida mustaqil komissiya ishtirokida tasodifiy tanlash metodi bilan aniqlanadi.
Yutuqlar jami uch bosqichda o‘ynaladi. G‘oliblarni tanlash jarayoni MP4 formatida videoga yoziladi hamda www.kapitalbank.uz saytida va «Kapitalbank» ATBning Facebook tarmog‘idagi sahifasiga joylashtiriladi.
Ishtirokchilarni va G’oliblarni raqamlari va F.I.Sh. mahalliy OAVda hamda www.kapitalbank.uz saytida va «Kapitalbank» ATBning Facebook tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilinadi.
«Kapitalbank»  ATB aksiya g‘olibining shaxsiy ma’lumotlarini chop etish huquqini o‘zida qoldiradi.
Ishtirokchi faqat muddatli omonat ochilganligini tasdiqlovchi va O‘yinda g‘olib bo‘lgan raqam ko‘rsatilgan  hujjat taqdim etilganidan keyingina g‘olib hisoblanadi va sovrinni olish huquqiga ega bo‘ladi.
Sovrinli o‘yin barcha 3 ta sovrin egasi aniqlanguniga qadar davom etadi.
Sovrinlarning to‘liq ro‘yxati bilan havola bo‘yicha o‘tgan holda tanishishingiz mumkin.
Qimmatbaho sovrinlarning omadli egalari uchun qo‘shimcha ma’lumot!
Sovrinni olish uchun “Yoqimli yoz” aksiyasining g‘olibi muddatli omonat ochiladigan «Kapitalbank» ATB filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
1.Shaxsni taqdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (pasport, yoki harbiy qism qo‘mondonligi va harbiy muassasalar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining harbiy bileti (harbiy majburiyatga ega fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno)).
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178-moddasiga muvofiq, soliq summasini byudjetga to‘lab borish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan stavkalar bo‘yicha jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq summasi Tashkilotchining hisobiga o‘tkazilganidan keyingina yutuq Ishtirokchiga beriladi.
Aksiya g‘oliblari o‘z sovrinlarini www.kapitalbank.uz saytida g‘oliblarning ro‘yxati e’lon qilingan paytdan boshlab 2017-yilning 10 (o‘ninchi) sentyabr kuni yakuniga qadar olishlari mumkin. Ushbu muddat yakunlanganidan keyin sovrinlar bekor qilinadi. Sovrinni olish uchun aksiya g‘oliblari Bankka barcha zarur hujjatlarni taqdim etishlari hamda hadya shartnomasini tuzishlari kerak.

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech