Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2016 yilning 15-mayidan 15–dekabrigacha, Bankning istalgan filialida xorijiy valyutada muddatli omonat oching va bosh yutuq -  Chevrolet “Captiva” avtomobili va boshqa qimmatbaho yutuqlarga ega bo’ladigan o’yin ishtirokchisiga aylaning. 
Aksiyada kimlar ishtirok etishi mumkin?
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan va 18 yoshga yetgan, barcha muomalaga layoqtli shaxslar.
Qanday qilib Aksiyaning ishtirokchisi bo’lish mumkin?
Aksiyaning amal qilish davrida “Kapitalbank” ATB (keyingi matnlarda “Tashkilotchi” deb yuritiladi)da xorijiy valyutadagi har qanday muddatli omonatni eng kam summasi 1000 (bir ming) AQSH dollar/yevro/funt sterlingida ochish zarur. Bunda ushbu summa omonat ochilishi bilan to’liq kiritilishi lozim.

1. Aksiya shartlari:
1.1. Aksiyaning amal qilish davrida xorijiy valyutada muddatli omonat ochilganda, har bir ishtirokchi mazkur Aksiya shartlari bilan kelishib rozilik beradi va yutuq chiqqanda mukofotni oladi.
1.2. Har bir ishtirokchiga, ochilgan omonat miqdoridan qat’iy nazar, yutilgan yutuqlardan faqat bittasini olish imkoniyati beriladi;
1.3. Ochilgan omonatlar miqdori, mukofotni yutib olish imkoniyatlarini oshirmaydi;
1.4. Har bir ishtirokchi, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati seriyasi va raqamiga muvofiq o’zining unikal kodiga ega bo’ladi;
1.5. Omonat Aksiyaning tugatish sanasigacha amalda bo’lishi lozim;
1.6. O’yinni o’tkazish sanasi - 25.12.2016 yil;
1.7. Aksiyaning amal qilish davrida omonat muddatidan oldin yopilgan yoki omonatning muddati tugagan bo’lsa, Ishtirokchi yutuqli o’yinda ishtirok etish huquqini yo’qotadi;
1.8. Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari – ota-ona, aka-uka va opa-singillari, turmush o’rtog’i, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlari, nevaralari, shuningdek turmush o’rtog’ining ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari Aksiyada ishtirok etaolmaydilar. 

2. Aksiyani o’tkazish tartiblari:
2.1. G’olib 2016 yil 25-dekabrda Mustaqil komissiya ishtirokida tasodifiy raqamlarni aniqlash dasturi yordamida  aniqlanadi;
2.2. Aksiya O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 981-moddasiga asosan o’tkaziladi;
2.3. Aksiya 2016 yil 15 may (Toshkent vaqti bilan) 00:00:00 da  boshlanadi va 2016 yil 15 dekabr (Toshkent vaqti bilan) (23:59:59)da tugaydi;
2.4. Aksiya Toshkent shaxri va O’zbekiston Respublikasi hududlaridagi “Kapitalbank” ATB filiallari tizimida o’tkaziladi;
2.5. Aksiya G’olibi aniqlanib, mukofotni topshirsh-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’langan vaqtdan, mukofotga nisbatan mulk huquqi Ishtirokchiga o’tadi. Shu ondan mukofotni yo’qotish, ishdan chiqarish, buzilishi bilan bog’liq xatarlar uchun Tashkilotchi javob bermaydi.
2.6. Ishtirokchi Aksiya shartlarini qabul qilib, aksiyada G’olib bo’lgan taqdirda, o’z shaxsini ommaviy oshkora qilinishiga rozilik beradi.


3. Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari:
3.1. Ishtirokchi istagan vaqtida bank filialiga yozma murojaat etib, Aksiyada ishtirok etishdan voz kechish huquqiga ega;
3.2. Aksiyada ishtirok etish, Aksiya ishtirokchilarini mazkur shartlar bilan avtomatik tarzda tanishtirilganini va to’liq rozi ekanligini anglatadi;
3.3. Ishtirokchi agar Aksiyada g’olib bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178-moddasiga muvofiq, Tashkilotchining hisobvarag’iga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasi bo’yicha summani, kelgusida qonun-hujjatlariga asosan byudjetga soliq summasini o’tkazish uchun kiritishi, shuningdek STIR (INN) va SHJPH (INPS) ma’lumotnomalari nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi;
3.4. Yutib olingan mukofot boshqa daromadlarga taalluqli bo’lib, Ishtirokchi tomonidan soliq organlariga topshirishi lozim bo’lgan yillik soliq deklaratsiyasida ko’rsatishi haqida, Ishtirokchi xabardor qilinadi. Agarda jismoniy shaxslarning daromad solig’i, uning arizasiga binoan belgilangan eng yuqori stavkada undirilgan hollarda daromadlar deklaratsiyasi taqdim etilmaydi.

4. Tashkilotchining huquq va majburiyatlari:
4.1. Tashkilotchi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun-hujjatlariga asosan Aksiyani ushbu shartlarda o’kazishga, shuningdek Ishtirokchiga mukofotni berishga majbur;
4.2. Tashkilotchi aksiya haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni www.kapitalbank.uz Internet saytida, shuningdek boshqa axborot resurslarida e’lon qilish huquqiga ega.

5. Qo’shimcha shartlar:
5.1. Tashkilotchi Ishtirokchilarni www.kapitalbank.uz Internet saytida xabardor qilgan holda, istagan vaqtida aksiya muddati va shartlariga o’zgartirish kiritishga, turli shartlarni kiritishga yoki chiqarib tashlashga, shuningdek ixtiyoriga ko’ra boshqa qo’shimcha shartlar qo’shishga haqli. Bunda Aksiyaning yangi shartlari haqida, ular amalga kiritilishidan 10 (o’n) kalendar kun oldin xabardor qilinadi.           

Sizning omonatingiz O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi omonatlarining qaytarilishini kafolatlash Fondi tomonidan kafolatlanadi.

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech