Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xorijiy valyutadagi Zor 8% yangi omonatini ochgan bank mijozlari avtomatlashgan tarzda yutuqli o’yinning ishtirokchisiga aylanadilar.

Shuni eslatib o’tamizki, Zor 7% valyuta omonati, so’mlik “Oltin Kuz” yoki “VISAga har kuni foizlar” va endi esa valyutadagi Zor 8% omonat turlaridan birini  2023 yilning 1 sentyabridan 31 dekabrigacha ochgan mijozlar o’yinda ishtirok etishlari mumkin.

Siz omonatlardan birini Kapitalbank ilovasi orqali yoki bankning istalgan filialida ochishingiz mumkin, Zor 8% omonat bo’yicha foizlarni butun davr uchun darhol olishingiz mumkin, “VISAga har kuni foizlar” omonat bo’yicha esa foizlarni har kun yoki har oy Visa kartasiga olishingiz mumkin. Omonatning eng kam miqdori — 100 AQSH dollari yoki 1 000 000 so’m.

O’yinlar har chorshanba kuni soat 17:00 da bank filiallaridan birida bo’lib o’tadi va rasmiy Instagram sahifasi va Telegram kanalida namoyish etiladi. Boshlovchi jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida g’oliblarning nomlarini aniqlaydi. Efirlarning yozuvlari bankning rasmiy Instagram sahifasida saqlanadi. O’yini haqidagi e’lonlarni Instagram sahifasi va telegram kanalida ko’rish mumkin.

O’yin shartlari aksiyaning yangilangan ofertasida taqdim etilgan. Qo’shimcha ma’lumotlar bilan 1340 qisqa raqami orqali tanishish mumkin.

Kapitalbank Ilova: iOS, Android

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech