Faol turmush tarzi, sport ixlosmandlari va shunchaki barcha zamonaviy gadjetlar ishqibozlari uchun Kapitalbank yangi aksiya boshlanganini e’lon qiladi. Garmin PAY yoqilgan funksiyasi bilan 18 ta Garmin aqlli soatidan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Aksiya olti oy davom etadi, shu muddat mobaynida yagona chekda 500 000 so‘mdan (yoki boshqa har qanday valyutadagi ekvivalentda) yuqori xarid qilgan Visa Kapitalbank karta egalarining barchasi yutuqli o‘yinning kafolatlangan ishtirokchilariga aylanadilar. Naqd pul yechish va p2p o‘tkazmalar hisobga olinmaydi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi - 18 ta eng mashhur zamonaviy Garmin soatlari. Aksiya muddati: 2025 yil 1 avgustdan 2026 yil 31 yanvargacha.
G‘oliblar har oyning taxminan 15 sanasida, Kapitalbankning rasmiy Instagram sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi.
Yakuniy yutuq o‘yini 2026 yil 15 fevralda o‘tkaziladi. O‘yin natijalari Kapitalbankning rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.
Ishtirok etishning batafsil shartlari bilan o‘yinning rasmiy ofertasida tanishish mumkin (ofertaga havola biriktiriladi).
Garmin PAY - har qanday POS-terminalda Visa kartasidan kontaktsiz to‘lovning zamonaviy funksiyasidir. Shu bilan birga, jismoniy kartaning o‘zi kerak emas.
Aksiya haqida batafsil ma’lumotni kapitalbank.uz saytidan yoki 1340 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin.
Garmin Pay ommaviy ofertasi