Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Kapitalbank qisqa muddatli aksiya e’lon qiladi. 27-maydan 30-maygacha bo‘lgan davrda siz 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Visa Classic Kids, Uzcard Kids, Humo Kids bank kartalarini bepul rasmiylashtirishingiz mumkin.

7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun karta bolaning nomiga rasmiylashtiriladi, biroq ota-onaning hujjatlari va JShShIR asosida. Bunday holatda kartani boshqarish faqat ota-onaga KAPITALBANK.Online ilovasi orqali mavjud bo‘ladi.

14 yoshdan boshlab, agar bola o‘z JShShIRga yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lsa, karta to‘g‘ridan-to‘g‘ri bolaning nomiga rasmiylashtiriladi. Bu holda o‘smir karta boshqaruvini mustaqil ravishda KAPITALBANK.Online ilovasi orqali amalga oshirishi va o‘z mobil raqamiga SMS-xabarnomalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kapitalbankning bolalar uchun mo‘ljallangan bank kartasi – bu farzandingizning moliyaviy mustaqilligi va mas’uliyatli kelajakka ilk qadami.

Rasmiylashtirish barcha bank filiallarida mavjud. Batafsil ma’lumot uchun: 1340.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech