Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

 

Bank xizmati / xizmat ko’rsatish sharti

Bank tarafidan operatsiya amalga oshirilgani uchun mijozdan undiriladigan Bank komission mukofotining stavkasi

Izoh

a)

Boshqa bankning karta egasi buyrug’iga ko’ra karta hisobidan jismoniy shaxslar / yuridik shaxslar / yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar / byudjet oluvchilar hisob raqamlariga (G'aznachilik) naqd pulsiz o'tkazish.

har bir operatsiya uchun operatsiya summasining 0,5 foizi (5 000 so‘mdan kam bo‘lmagan, lekin 100 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qiymatda);

Mustasno holatlar:
1. "Kapitalbank" ATB tarkibiy bo'linmalarida ochilgan jismoniy shaxslar/yuridik shaxslar/yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisob raqamlariga mablag'lar o'tkazilganda;
2. Mijoz tomonidan naqd pulda qo‘yilgan 3 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘ni bir vaqtda o‘tkazishda;
3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hisob raqamlariga o'tkazilganda (VAQF.UZ., Nogiron-Bolalar Kamalak Uyi, Mehribon insonlar va shunga o'xshashlar) (xayriya)
4. U. Xolmurotov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining tibbiy xizmatlari uchun haq to‘lashda
5. Yer solig'ining mol-mulk bo'yicha solig'ini to'lash

b)

Hisobvaraqlarda va / yoki hisobning holati bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar to'g'risida mijozning arizasi bo'yicha xatlar, ma’lumotnomalar va ruxsatnomalar berish:
tashkilotga topshirish uchun "Kapitalbank" ATBning maxsus blankida rasmiylashtirilgan xatlar

jismoniy shaxsning / yuridik shaxsning / yakka tartibdagi tadbirkorning "Kapitalbank" ATB maxsus blankidagi biriktirilgan xatni rasmiylashtirish bilan hisobvarag'i ishlashi to'g'risida ma'lumotnoma

50 000 so’m

50 000 so’m

Mustasno tariqasida:
notarial idoralari, kadastr organlari va O'zbekiston Respublikasi IIV YHXDB ga berilgan kreditni to'lash to'g'risida xatlar

Komissiya quyidagilarni hisobraqamini ishi to’g`risida ma`lumotnoma berilgan taqdirda to’lanmaydi:
1. "Kapitalbank" ATB bilan Visa karta egalariga xizmat ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs / yakka tartibdagi tadbirkorning hisobvaraq ishi to'g'risidagi ma'lumotnoma berilgan taqdirda komissiya to'lanmaydi

c)

O'zbekiston Respublikasining boshqa banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartalardan banklar va "Kapitalbank" ATB mini-banklarining kassalarida o'rnatilgan terminallar orqali naqd pul olish.

Operatsiya summasining 1%i


d)

"Kapitalbank" ATBning o’z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallari orqali turli xil xizmatlar uchun to'lovlarni qabul qilish bo'yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish

Qabul qilingan to'lov summasining 1%i

Komissiya o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminaliga to'langan umumiy summadan ushlab qolinadi

e)

Kapitalbank" ATBning o’z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallari orqali kreditni to'lash bo'yicha to'lovlarni qabul qilish tranzaksiyalarini amalga oshirish

Komissiya olinmaydi


f)

"Kapitalbank" ATB/O'zR boshqa banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartalaridan “Kapitalbank” ATB tomonidan o‘rnatilgan bankomatlarda milliy valyutada naqd pul mablag‘larini berish


"Kapitalbank" ATB tomonidan o'rnatilgan bankomatlardan naqd pul olish

Operatsiya summasining 1%i

Mustasno tariqasida:
Tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkilotlar hududida o'rnatilgan bankomatlardan olingan naqd pul mablag’lari


“Kapitalbank” ATBning bankomatlarida boshqa banklar tomonidan chiqarilgan Visa plastik kartalaridan naqd pul olish

Operatsiya summasining 1,5% i (9200 so’mdan kam emas)



"Kapitalbank" ATBning bankomatlarida boshqa banklar tomonidan chiqarilgan Union Pay plastik kartalaridan naqd pul olish

Operatsiya summasining 1,5% i



“Kapitalbank” ATBning bankomatlarida boshqa banklar tomonidan chiqarilgan “Mir” To'lov kartalari milliy tizimi plastik kartalaridan naqd pul olish

Bank komissiyasi olinmaydi



"Kapitalbank" ATBning bankomatlarida boshqa banklar tomonidan chiqarilgan Mastercard plastik kartalaridan naqd pul olish

Operatsiya summasining 1%


g)

jismoniy shaxs buyrug’iga ko’ra naqd pulsiz pul o'tkazmalari:




Bank kassasi orqali amalga oshiriladigan hisobning naqd to‘lov shaklidan foydalangan holda ko‘rsatilgan to‘lov xizmatlari uchun komissiya to‘lovlarini (yig’imlarini) qabul qilish (eslatma bo‘yicha)

Komissiya undirilmaydi

1. barcha turdagi davlat boji va ma’muriy jarimalar uchun
2. davlat xizmatlari markazlari tomonidan, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun
3. maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek oliy ta’limdan keyingi muassasalar, qayta tayyorlash, malaka oshirish va sogʻliqni saqlash muassasalariga
4. barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun
5. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan undiriladigan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish uchun
6. “E-auksion” elektron savdo maydonchasi va “K-Savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun
7. aviatsiya, temir yo’l va jamoat transportining boshqa turlarida sayohat qilish uchun chiptalar sotib olish uchun


Hisobning naqd to’lov turidan foydalangan holda bank kassasi orqali amalga oshiriladigan tranzaksiya – operatsiyalarni qayta ishlash

Har bir tranzaksiya uchun 5000 so’m

Quyidagilardan mustasno: 1. Mijoz tomonidan naqd pul shaklida kiritilgan 3 000 000 so‘m va undan yuqori mablag‘larni bir vaqtning o’zida o‘tkazishda;
2. jismoniy shaxslar/yuridik shaxslar/yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlarning “Kapitalbank” ATB tarkibiy bo‘linmalarida ochilgan hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazishda, shu jumladan kreditlarni to‘lashda;
3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hisob raqamlariga pul mablag’larini o’tkazishda (VAQF.UZ, Nogiron- Bolalari Kamalak Uyi, Mehribon insonlar va shunga o’xshash) (xayriya);
4. U. Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining tibbiy xizmatlari uchun to’lovni amalga oshirishda;
5. Mol-mulk solig’i, yer solig’ini to’lashda;
6. “Kapitalbank” ATB mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirishda.


Benefisiarlari byudjet va korporativ buyurtmachilar bo’lgan shaxslar foydasiga o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish terminali (infokiosklar) yordamida to’lovlarni qabul qilish va amalga oshirish

Komissiya undirilmaydi



So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech