Uzoq muddatga resurs jalb qilish bo‘yicha banklarning moliyaviy instrumentlaridan biri qarzga qimmatli qog‘ozlar – korporativ obligatsiyalar chiqarishdir. “Kapitalbank” ATB respublika tijorat banklari ichida birinchilardan bo‘lib subordinatsiyalangan obligatsiyalar chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirda “Kapitalbank” ATB besh marta obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorining faol ishtirokchisiga aylangan.