Konversiya operatsiyalari
"Kapitalbank" ATB - O'zbekiston Respublika valyuta birjasida eng yirik valyuta savdo operatorlaridan biri hisoblanadi. Bank AQSh dollari va yevro bilan operatsiyalarni faol olib boradi. Zarur hollarda, Bank g'aznachilik mutaxassislari sizga qarshi to'lovlar bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish masalasini ko'rib chiqishga yordam beradi. Hisobvaraqdagi katta qoldiqlarga ega bo'lgan mijozlar, shuningdek, o'zlarini ishonchli hamkor sifatida ko’rsatgan, bitimlar bo'yicha o'z majburiyatlarini aniq va o'z vaqtida bajargan mijozlar uchun, tasdiqlash almashinuvidan so'ng darhol oldindan to'lovsiz amalga oshiriladigan limitlar belgilanishi mumkin.
Valyuta operatsiyalari
"Kapitalbank" ATB O'zbekistonning yirik banklaridan biri bo'lib, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tashqi savdo shartnomalari, kredit shartnomalari va qarz shartnomalari, savdoni moliyalashtirish operatsiyalari, shuningdek, savdo bo'lmagan xaakterdagi valyuta operatsiyalari bo'yicha o'tkaziladigan barcha valyuta operatsiyalari bo'yicha xizmat ko'rsatadi. "Kapitalbank" ATB yuqori malakali mutaxassislari bank mijozlariga ular bilan tuzilgan bitimlarning istalgan bosqichida bepul maslahat berishadi. Malakali mutaxassislarning tavsiyalaridan o'z ishlarida foydalanish Bank mijozlariga minimal talablarni hisobga olgan holda va valyuta reglamenti normalariga mos keladigan shartlar asosida shartnomalar tuzishga imkon beradi. Valyuta operatsiyalari bo'yicha to’liq xizmatlar majmuasi "Kapitalbank" ATB ning barcha bo’limlari va filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Bank bo’limlari va filiallarining valyuta operatsiyalari bo'limlarida tashqi savdo shartnomalari bo'yicha o'zaro hisob-kitoblarni eng maqbul shakllarda va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga to'liq mos ravishda o'tkazish uchun sharoitlarni tayyorlash bo'yicha tavsiyalar olishingiz mumkin.
“Kapitalbank” ATB amalga oshiradigan asosiy valyuta operatsiyalari:
- bo'sh pul mablag'larini muddatli va jamg'arma depozitlariga joylashtirish
- savdoni moliyalashtirish bo'yicha operatsiyalar, akkreditivlar, kafolat operatsiyalari
- faktoring
- tashqi savdo bitimlari bo'yicha o'zaro hisob-kitoblar uchun banklararo xalqaro o'tkazmalar
- naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalar
- konversiya operatsiyalari, shu jumladan milliy valyutani xorij valyutasiga aylantirish, bitta xorij valyutasini boshqa xorij valyutasiga aylantirish, SPOT operatsiyalari.
Xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarishni o'zlashtirishning tijorat stavkasini belgilash to'g'risidagi farmoyish
Quyida O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish borasida asosiy qoidalar va qonun hujjatlarini yuklab olish uchun havolalar, shuningdek to‘ldirib, bankka taqdim etish uchun hujjatlar shakli namunalari keltirilgan.