Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Moody’s reytinglik agentligi “Kapitalbank” ATB reytingini oshirdi
31.01.2023 11:35:02
27 yanvar kuni Moody’s xalqaro reytinglik agentligi “Kapitalbank” ATB kredit quvvatining asosiy bahosini (BCA) b2 darajasiga (ilgari b3 bo’lgan) va bankning milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari reytingi darajasini B2gacha ko‘tardi. Bankning ishonchliligini baholashni yaxshilashning asosiy omillari chakana kreditlashni rivojlantirish, rentabellik ko’rsatkichlari va aktivlar sifatining o’sishi hisoblanadi.

“Kapitalbank” ATB o‘tgan yillar davomida yuqori marjali chakana kreditlash va yuqori darajadagi komissiya daromadlari hisobiga aktivlar rentabelligi va yuqori daromadlilik ko’rsatkichlarining barqaror o’sib borishini namoyon qilishda davom etmoqda. Shu bilan birga, aktivlar sifati yaxshilanishda davom etmoqda. Moody’s prognozlariga ko’ra, jadal o’sish sharoitida bank kapitalining yetarliligi barqarorligicha qolmoqda, bu esa bankni mijozlar, hamkorlar va shuningdek investorlar uchun ishonchli hamkorga aylantiradi. 

— “Kapitalbank” ATB mamlakatimizdagi eng ishonchli banklar qatoriga kiradi va xalqaro baholash jarayonida o‘z maqomini muntazam tasdiqlab keladi, – deb ta’kidlaydi “Kapitalbank” ATBning xavf-xatarlar bo‘yicha Boshqaruv direktori Erbol Sabirgaliyev. — Shu bilan birgalikda, xalqaro tahlilchilar ta’kidlaganidek, biz nafaqat ishonchlilikni saqlab, yuqori rentabellikni namoyish etmoqdamiz, balki bank mijozlariga foydali va qulay xizmatlarni taklif etib, faol ravishda rivojlanmoqdamiz. 

“Barqaror” prognoz bankning balanslashgan xavf-xatarlar profili va Moody’s tomonidan kutilgan natijalarni aks ettiradi, bu esa agentlik hisobotida ko’rsatilganidek, bankning asosiy ko’rsatkichlari keyingi 12-18 oylar davomida barqarorligicha qolganligini ifodalaydi.

2023 yilning yanvar oyida “Kapitalbank” ATB Uzum ekotizimiga qo‘shildi, bu esa bankka o’z mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirish va o‘z xizmatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda Uzum brendi ostidagi kooperatsiyada qo‘shimcha ravishda mahsulotlar qatorini taklif qilish orqali hamkorlik qilish imkonini beradi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech