Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



Kapitalbank Terminallar 26

  • Terminal nima?
    Terminal nima?

    O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish rejimida jismoniy shaxslardan to'lovlarni qabul qilishni ta'minlaydigan apparat-dasturiy kompleks.
  • Terminal orqali valyuta alamshtirish mumkinmi?
    Terminal orqali valyuta alamshtirish mumkinmi?

    Hozirgi vaqtda bunday imkoniyat mavjud emas, lekin yaqin orada bank tomonidan ushbu xizmat yo’lga qo’yiladi. Kapitalbank sayti orqali yangiliklarni kuzatib boring.
  • Terminal orqali pulni naqd qilish mumkinmi?
    Terminal orqali pulni naqd qilish mumkinmi?

    Terminlalda o’z-o’ziga xizmat mavjud emas, lekin Kapitalbank bankomatlari orqali pulni naqd qilishingiz mumkin.
  • Boshqa mamlakat plastik kartalarini “Kapitalbank” terminallari orqali ishlatish mumkinmi?
    Boshqa mamlakat plastik kartalarini “Kapitalbank” terminallari orqali ishlatish mumkinmi?

    Hozirgi vaqtda bunday imkoniyat mavjud emas.
  • VISA plastik kartalarini terminal orqali ishlatish mumkinmi?
    VISA plastik kartalarini terminal orqali ishlatish mumkinmi?

    Ha, VISA plastik kartalari o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallarida pul o'tkazmalarini olish uchun ishlatiladi. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalida pul o'tkazmasi amalga oshirilganda, pul o'tkazmasi "Kapitalbank" ATB tomonidan beriladigan plastik VISA kartasiga yuklanadi.
  • Terminal orqali qanday valyutani o’tkazish mumkin?
    Terminal orqali qanday valyutani o’tkazish mumkin?

    To'lov terminali xizmatlarning to'lovi uchun faqat milliy valyutani qabul qiladi – SO’M.
  • Terminal orqali eng ko’pi qancha pul o’tkazish mumkin?
    Terminal orqali eng ko’pi qancha pul o’tkazish mumkin?

    Xizmat ko'rsatuvchilar uchun to'lovlarni amalga oshirayotganda, to'lovning maksimal miqdori xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan o'rnatiladi. Odatda bitta to'lov 500 000 so'm miqdorda bo’ladi
  • Terminal orqali qanday operatsiyalarni amalga oshirishim mumkin?
    Terminal orqali qanday operatsiyalarni amalga oshirishim mumkin?

    • 2018 yil 8-noyabr soat 11:00 yangilandi.
    • Xizmatlar uchun to’lovlar operatsiyalari,
    • Quyidagi Bank operatsiyalari (Unistream, Contact orqali pul o’tkazmalari)
    • UzCard kartasi bo’yicha qoldiq pul mablag’ini tekshirish,
    • Kartaga SMS-bildirishnoma xizmatini yoqish (UzCard).
  • Qanday terminallar bo’ladi?
    Qanday terminallar bo’ladi?

    Terminallar o’rnatilgan joyiga ko’ra ikki turga bo’linadi: bino ichida (yerda turadigan, devorga osiladigan, chuqurga qo’yiladigan, stolda turadigan) va ko’chada (devorga osiladigan, chuqurga qo’yiladigan va alohida o’zi turadigan qilib o’rnatilgan). Ammo ularning tuzilishi farq qilmaydi. Farqi faqat korpusida bo’lishi mumkin: zarbga, namlikka va shu kabilarga chidamlilik.
  • Terminal orqali SMS-xabarni qanday ulash mumkin?
    Terminal orqali SMS-xabarni qanday ulash mumkin?

    Kiosk menyusida xizmat ko'rsatish tilini tanlaganingizdan so'ng, “karta operatsiyalari” menyusiga kiring, plastik kartani kiriting, parolni kiriting va kiosk menyusida SMS- bildirishnoma xizmatini tanlang. Tizim ushbu raqamni kartangizga ulash uchun mobil telefon raqamini kiritishingizni so'raydi. Kelgusida kiosk menyusidan xizmatni faollashtirishingizda kerak bo’ladigan kodni mobil telefon raqamiga SMS-xabar tarzida yuboriladi.
  • Terminal bo’yicha yo’riqnomani qayerdan olaman?
    Terminal bo’yicha yo’riqnomani qayerdan olaman?

    Qo'llab-quvvatlash raqami orqali: +998 (71)200-45-45
  • Qayerdan terminal topa olaman?
  • Nega terminal chekni chiqarib bera olmayapti, lekin hamma narsani tabloda ko’rsatyapti?
    Nega terminal chekni chiqarib bera olmayapti, lekin hamma narsani tabloda ko’rsatyapti?

    Chek qog’ozi qolmagan.
  • Chek bilan muammo yuzaga keldi, nima qilish kerak?
    Chek bilan muammo yuzaga keldi, nima qilish kerak?

    Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish: 71 200-15-15
    Kartadagi qoldiq pul mablag’ini tekshirish kerak.
  • Terminal tablosida muammo yuzaga keldi, nima qilish kerak?
    Terminal tablosida muammo yuzaga keldi, nima qilish kerak?

    Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish: 71 200-15-15
    Kartadagi qoldiq pul mablag’ini tekshirish kerak.
  • Qanday qilib amalga oshirgan to’lovlarimni ko’ra olaman?
    Qanday qilib amalga oshirgan to’lovlarimni ko’ra olaman?

    Kapital24 mobil ilovasi orqali/
    Filialga murojaat qilib (karta ochilgan joyga)
  • To’lov amalga oshirilayotganda terminal ekrani o’chib qoldi. Nima qilish kerak?
    To’lov amalga oshirilayotganda terminal ekrani o’chib qoldi. Nima qilish kerak?

    Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish: 71 200-15-15
  • Bir sutkada terminal orqali necha marta to’lov amalga oshirishim mumkin?
    Bir sutkada terminal orqali necha marta to’lov amalga oshirishim mumkin?

    Cheklanmagan miqdorda.
  • Nima sababdan terminal orqali to’lov sekin amalga oshadi?
    Nima sababdan terminal orqali to’lov sekin amalga oshadi?

    Aloqa bilan bog’liq muammolar tufayli.
  • Boshqa mamlakatga terminal orqali to’lov qilish mumkinmi?
    Boshqa mamlakatga terminal orqali to’lov qilish mumkinmi?

    Hozirgi vaqtda bunday imkoniyat mavjud emas.
  • Terminal orqali to’lov amalga oshirilganda necha foiz xizmat haqqi olinadi?
    Terminal orqali to’lov amalga oshirilganda necha foiz xizmat haqqi olinadi?

    Barcha to'lovlar foizlarsiz amalga oshiriladi, Toshkent shahar elektr tarmog'i va Toshkent viloyatining elektr energiyasi uchun to'lovlar bundan mustasno. Ushbu xizmatlar uchun to’langan summaning 0.5% miqdorida xizmat haqqi olib qolinadi.
  • Terminal orqali qanday xizmatlarga to’lovni amalga oshira olaman?
    Terminal orqali qanday xizmatlarga to’lovni amalga oshira olaman?

    • mobil aloqa;
    • internet-provayderlar, kabel televideniyesi provayderlari va boshqa ta’minotchilar;
    • zamonaviy raqamli xizmatlar;
    • communal xizmatlar;
    • har oylik kredit to’lovi;
    • internet xaridlar;
    • xayriya tashkilotlari hisobiga pul o’tkazish.
  • Plastik kartaga terminal orqali to'lov qilish mumkinmi?
    Plastik kartaga terminal orqali to'lov qilish mumkinmi?

    Yo'q. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalidan foydalangan holda, ushbu imkoniyat hozirda amalga oshirilmagan.
    Faqat bank filiallarida (faqat jismoniy shaxslarga). Buning uchun qabul qiluvchining hisob raqamini aniq bilish kerak.
  • Omonatga terminal orqali to'lov qilish mumkinmi?
    Omonatga terminal orqali to'lov qilish mumkinmi?

    Yo'q. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalidan foydalangan holda, ushbu imkoniyat hozirda amalga oshirilmagan.
    Faqat bank filiallarida. Buning uchun qabul qiluvchining hisob raqamini aniq bilish kerak.
    Kapitalbank mobil ilovasi orqali.
  • Kredit to’lovini terminal orqali amalga oshirish mumkinmi?
    Kredit to’lovini terminal orqali amalga oshirish mumkinmi?

    Ha, kiosklarda kreditni to'lash xizmati mavjud, kreditni muvaffaqiyatli to'lash uchun siz kredit so'rovnomangiz shaxsiy raqamini kiritishingiz kerak. Kredit so'rovnomangiz shaxsiy raqamini aniqlash uchun Siz quyidagi raqamlar orqali qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz kerak: 71 200-15-15
  • To’lovni amalga oshirish vaqtida xatolik yuzaga kelsa, nima qilish kerak?
    To’lovni amalga oshirish vaqtida xatolik yuzaga kelsa, nima qilish kerak?

    71 200-15-15 telefon raqami orqali qo'llab-quvvatlash xizmatiga bog'lanish
    Pul mablag'lari shaxsiy kompyuterdan yechilganligini tekshirish. (ShK orqali to'langan taqdirda)
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech