Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

“FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYaLASh KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 10-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 18-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi 360-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 70-modda) 10-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: Закона Республики Узбекистан от 5 апреля 2002 года № 360-II «О гарантиях защиты вкладов граждан в банках» (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2002 г., № 4-5, ст. 70) следующие изменения:

1) birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash bankning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank va Fond mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda amalga oshiriladi”;

2) ikkinchi qism chiqarib tashlansin;

uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

LexUZ sharhi

Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2009-yil 7-apreldagi 70 (4733)-sonida e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 6-aprel,

O‘RQ-203-son

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 173-modda)

Файл
Ro’yxatdan o’tish muddati: 06.04.2009 y.
Raqam: O‘RQ-203-son
Yuklab olish
Hajmi: 215.60 KB





So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech