Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston Respublikasida Omonatlarni kafolatlash tizimi to’g’risidagi ma'lumotlar

1.

“Kapitalbank” ATBga joylashtirilgan omonatlar kafolatlangan

Bankdagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash Agentligi tomonidan kafolatlanadi.

2.

Omonatlarni kafolatlash asoslari

O’zbekiston Respublikasining «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to’g’risida» gi Qonuni

3.

Kafolat taqdim etish holati

Bankni tugatish (yopish)

4.

Kafolatlangan omonat turlari

Talab qilib olinadigan omonatlar, shu jumladan bank kartalaridagi mablag’lar, muddatli va jamg’arma omonatlari, shuningdek, ushbu omonatlar bo’yicha hisoblangan foizlar.

5.

Kompensatsiya miqdori

Bank tugatilgan hollarda, har bir omonatchiga to’lanadigan umumiy kompensatsiya miqdori, omonat bo’yicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, 200 000 000 so’mdan oshmasligi kerak.

6.

Agar omonatchining bitta bankda bir nechta omonatkari bo’lsa, unga to’lanadigan kompensatsiya miqdori.

Omonat miqdori va valyutasidan qat’i nazar, omonatchining ushbu bank va uning filiallaridagi barcha omonatlari hisoblangan foizlar bilan birlashtiriladi va ular bo’yicha to’lovlarning umumiy summasi 200 000 000 so’mdan oshmaydi.

7.

Bir nechta banklar tugatilgan hollarda kompensatsiya miqdori.

Bir nechta banklar tugatilgan hollarda, ushbu banklarda omonatlari bo’lgan omonatchilar har bir bank uchun alohida-alohida 200 000 000 so’mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiya olish huquqiga ega.

8.

Kompensatsiyani to’lash muddati

Bankni tugatish (yopish) to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni davomida:
2026 yil 1-yanvardan boshlab - 15 ish kuni;
2026 yil 1-yanvardan boshlab - 7 ish kuni.

9.

Kompensatsiya to’lanadigan valyuta

Xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha kompensatsiya bank tugatilgan (yopilgan) sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha milliy valyutada (so’mlarda) to’lanadi.

10.

Aloqa ma'lumotlari

Omonatlarni kafolatlash agentligi: https://fgd.uz/ O'zbekiston Respublikasi, 100027, Toshkent sh., Qoratosh ko’chasi, 1 (Banklar Assotsiatsiyasi - Uyushmasi binosi). Email: [email protected] +998 555 500 500

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech