Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 oktyabr 2025 y.    18:16
Vazifalaringiz:
  • Masofaviy undirishning samarali strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Real tahlillar asosida yondashuvlarni tahlil qilish va ularni to‘g‘rilash;
  • Jamoani boshqarish: vazifalarni belgilash, ularning bajarilishini nazorat qilish, xodimlarni rivojlantirish;
  • Kechiktirilgan qarzdorlik holatini baholash, risklarni aniqlash va yechimlar taklif qilish;
  • Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va qarzlarni hal qilishning oqilona yo‘llarini taklif qilish;
  • Qonunchilikdagi barcha me’yorlar, qoidalar va o‘zgarishlarga rioya etilishini ta’minlash;
  • Rahbariyat uchun hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
  • Jamoaning barqaror va sifatli ishlashini ta’minlash uchun smenali ish jadvalini joriy etish.
Sizdan quyidagilarni kutamiz:
  • Jamoani boshqarish tajribasi va natijaga ilhomlantira olish qobiliyati;
  • Strategik fikrlash va raqamlar bilan ishlash mahorati;
  • Murakkab muzokaralar olib borish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari;
  • Kontakt-markaz, savdo yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi tajriba katta afzallik hisoblanadi;
  • Qarzdorlikni undirish sohasidagi qonunchilik asoslarini bilish.
Sizga quyidagilarni taklif qilamiz:
  • Xususiy banklar reytingida 1-o‘rinni egallab turgan yirik, ishonchli va zamonaviy bankda ishlash imkoniyati;
  • Mehnat faoliyati O‘zR MK bo‘yicha rasmiylashtiriladi, “oq” ish haqi, ta’til (MK bo‘yicha 21 kun + qo‘shimcha 7 kunlik ta’til);
  • Bayramlarda mukofotlash va muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun bir martalik to‘lovlar;
  • Murakkab hayotiy vaziyatlarda bankning moddiy ko‘magi;
  • Bankda 1 yildan ortiq ishlagan xodimlar uchun qulay kreditlash dasturi;
  • Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
  • Korporativ o‘qitish — ham ichki o‘quv bo‘limi, ham tashqi provayderlar tomonidan.

Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.

Rezyume jo’natish

Faylning maksimal hajmi 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech