07 oktyabr 2025 y.
18:16
Vazifalaringiz:
- Masofaviy undirishning samarali strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
- Real tahlillar asosida yondashuvlarni tahlil qilish va ularni to‘g‘rilash;
- Jamoani boshqarish: vazifalarni belgilash, ularning bajarilishini nazorat qilish, xodimlarni rivojlantirish;
- Kechiktirilgan qarzdorlik holatini baholash, risklarni aniqlash va yechimlar taklif qilish;
- Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va qarzlarni hal qilishning oqilona yo‘llarini taklif qilish;
- Qonunchilikdagi barcha me’yorlar, qoidalar va o‘zgarishlarga rioya etilishini ta’minlash;
- Rahbariyat uchun hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
- Jamoaning barqaror va sifatli ishlashini ta’minlash uchun smenali ish jadvalini joriy etish.
- Jamoani boshqarish tajribasi va natijaga ilhomlantira olish qobiliyati;
- Strategik fikrlash va raqamlar bilan ishlash mahorati;
- Murakkab muzokaralar olib borish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari;
- Kontakt-markaz, savdo yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi tajriba katta afzallik hisoblanadi;
- Qarzdorlikni undirish sohasidagi qonunchilik asoslarini bilish.
- Xususiy banklar reytingida 1-o‘rinni egallab turgan yirik, ishonchli va zamonaviy bankda ishlash imkoniyati;
- Mehnat faoliyati O‘zR MK bo‘yicha rasmiylashtiriladi, “oq” ish haqi, ta’til (MK bo‘yicha 21 kun + qo‘shimcha 7 kunlik ta’til);
- Bayramlarda mukofotlash va muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun bir martalik to‘lovlar;
- Murakkab hayotiy vaziyatlarda bankning moddiy ko‘magi;
- Bankda 1 yildan ortiq ishlagan xodimlar uchun qulay kreditlash dasturi;
- Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
- Korporativ o‘qitish — ham ichki o‘quv bo‘limi, ham tashqi provayderlar tomonidan.
Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.
