07 oktyabr 2025 y.
18:10
Vazifalaringiz:
- IT va AX-risklarni boshqarish bo‘yicha ichki hujjatlarni ishlab chiqish va yangilab borish;
- Bankning axborot aktivlarini kategoriyalash;
- IT va axborot xavfsizligi risklarini tahlil qilish va baholash;
- Risklar reyestrini yuritish va boshqaruv hisobotlarini shakllantirish;
- Risklarni qayta ishlash va minimallashtirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish;
- Risklarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
- Ichki hujjatlar, yangi mahsulotlar, kirish huquqlari matritsalari va arizalarni AX-risklar qismida kelishish;
- Bank bo‘linmalariga IT va AX-risklarni boshqarish bo‘yicha maslahat berish;
- Favqulodda vaziyatlarning Bank jarayonlariga ta’sirini tahlil qilish;
- Tiklanish rejalarini va faoliyatning uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha testlarda ishtirok etish.
- Savodli og‘zaki va yozma nutq;
- Xizmat yozishmalari, taqdimotlar va tahliliy hujjatlar tayyorlash tajribasi;
- Kompyuterdan erkin foydalanish ko‘nikmalari;
- Quyidagilarni bilish va tushunish:
- O‘zbekiston Respublikasining moliya bozori, axborot xavfsizligi va risklarni boshqarish bo‘yicha qonunchilik va normativ hujjatlari;
- IT-infratuzilma va biznes-jarayonlar faoliyatining prinsiplari;
- Risk-menejment konsepsiyalari va usullari.
- Xususiy banklar reytingida 1-o‘rinni egallab turgan yirik, ishonchli va zamonaviy bankda ishlash imkoniyati;
- Mehnat faoliyati O‘zR MK bo‘yicha rasmiylashtiriladi, “oq” ish haqi, ta’til (MK bo‘yicha 21 kun + qo‘shimcha 7 kunlik ta’til);
- Bayramlarda mukofotlash va muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun bir martalik to‘lovlar;
- Murakkab hayotiy vaziyatlarda bankning moddiy ko‘magi;
- Bankda 1 yildan ortiq ishlagan xodimlar uchun qulay kreditlash dasturi;
- Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
- Korporativ o‘qitish — ham ichki o‘quv bo‘limi, ham tashqi provayderlar tomonidan.
Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.
