Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 oktyabr 2025 y.    14:03

Vazifalaringiz:

  • SharePoint yoki Bitrix24 (yoki shunga o‘xshash platformalar) asosida korporativ portalni boshqarish va qo‘llab-quvvatlash;
  • Portal tuzilmasini, kirish huquqlarini, ishchi guruhlarni, hujjat aylanishini va ichki servislarni sozlash;
  • Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, portal bilan ishlash bo‘yicha maslahat berish;
  • Ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va yangi yechimlarni joriy etish uchun bankning tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;
  • Zarur bo‘lganda IT-bo‘lim va tashqi pudratchilar bilan hamkorlik qilish;
  • Portalning barqarorligi va samaradorligini monitoring qilish.

Sizdan quyidagilarni kutamiz:

  • SharePoint yoki Bitrix24 platformasida korporativ portalni boshqarish tajribasi — kamida 3 yil;
  • Portal arxitekturasi, kirish huquqlari, ma’lumotlar tuzilmasi va asosiy integratsiyalarni tushunish;
  • Ichki hujjat aylanishi va biznes-jarayonlarni sozlash bo‘yicha ko‘nikmalar;
  • Texnik savodxonlik, analitik fikrlash, e’tiborlilik.

Sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

  • Xususiy banklar reytingida 1-o‘rinni egallab turgan yirik, ishonchli va zamonaviy bankda ishlash imkoniyati;
  • Mehnat faoliyati O‘zR MK bo‘yicha rasmiylashtiriladi, “oq” ish haqi, ta’til (MK bo‘yicha 21 kun + qo‘shimcha 7 kunlik ta’til);
  • Bayramlarda mukofotlash va muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun bir martalik to‘lovlar;
  • Murakkab hayotiy vaziyatlarda bankning moddiy ko‘magi;
  • Bankda 1 yildan ortiq ishlagan xodimlar uchun qulay kreditlash dasturi;
  • Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
  • Korporativ o‘qitish — ham ichki o‘quv bo‘limi, ham tashqi provayderlar tomonidan.

Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.

Rezyume jo’natish

Faylning maksimal hajmi 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech