07 oktyabr 2025 y.
14:03
Vazifalaringiz:
- SharePoint yoki Bitrix24 (yoki shunga o‘xshash platformalar) asosida korporativ portalni boshqarish va qo‘llab-quvvatlash;
- Portal tuzilmasini, kirish huquqlarini, ishchi guruhlarni, hujjat aylanishini va ichki servislarni sozlash;
- Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, portal bilan ishlash bo‘yicha maslahat berish;
- Ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va yangi yechimlarni joriy etish uchun bankning tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;
- Zarur bo‘lganda IT-bo‘lim va tashqi pudratchilar bilan hamkorlik qilish;
- Portalning barqarorligi va samaradorligini monitoring qilish.
Sizdan quyidagilarni kutamiz:
- SharePoint yoki Bitrix24 platformasida korporativ portalni boshqarish tajribasi — kamida 3 yil;
- Portal arxitekturasi, kirish huquqlari, ma’lumotlar tuzilmasi va asosiy integratsiyalarni tushunish;
- Ichki hujjat aylanishi va biznes-jarayonlarni sozlash bo‘yicha ko‘nikmalar;
- Texnik savodxonlik, analitik fikrlash, e’tiborlilik.
Sizga quyidagilarni taklif qilamiz:
- Xususiy banklar reytingida 1-o‘rinni egallab turgan yirik, ishonchli va zamonaviy bankda ishlash imkoniyati;
- Mehnat faoliyati O‘zR MK bo‘yicha rasmiylashtiriladi, “oq” ish haqi, ta’til (MK bo‘yicha 21 kun + qo‘shimcha 7 kunlik ta’til);
- Bayramlarda mukofotlash va muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun bir martalik to‘lovlar;
- Murakkab hayotiy vaziyatlarda bankning moddiy ko‘magi;
- Bankda 1 yildan ortiq ishlagan xodimlar uchun qulay kreditlash dasturi;
- Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
- Korporativ o‘qitish — ham ichki o‘quv bo‘limi, ham tashqi provayderlar tomonidan.
Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.
