11 iyun 2019 yil — Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) bankda Islomiy darcha yaratish bo'yicha "Kapitalbank" ATBga texnik maslahat xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma imzoladi.
Bankimizga Toshkentda ketma-ket uch yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan ushbu tadbirni tashkil etishda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirildi. Biz Oʻzbekistonda mediasohaning rivojlanishiga barqaror qiziqish bildirib kelmoqdamiz va AdWeek kabi tadbirlar tashkilotchilari bilan hamkorligimizni davom ettirishga umid qilib qolamiz.
Anjuman zali sahnasida SWIFT va Oracle kabi yirik korporatsiyalar vakillari boʻlib, tegishli dolzarb axborot va zamonaviy moliyaviy-texnik masalalar yechimlari bilan ulashdilar.
Koʻrgazma doirasida ishtirokchilar biznesning turli sektorlaridagi muvaffafiyatli ishi uchun taqdirlandilar. “Kapitalbank” ATB “Chet el valyutasida depozitlar boʻyicha eng yaxshi bank” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Agar siz ushbu xizmatdan foydalanmayotgan boʻlsangiz, eʼtibor bering, bu – jamgʻarmalaringizni saqlashning zamonaviy va xavfsiz usulidir.
BankExpo kabi tadbirlar mahalliy va xalqaro bozor sharoitida oʻz kompaniyasiga baho berish yuzasidan ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biz oʻz yutuqlarimizni munosib ravishda namoyish eta oldik va kelgusi rivojlanish uchun koʻp jihatlarni qayd etdik. Albatta, ushbu holat mijozlarimizga xizmat koʻrsatishga ijobiy taʼsir etadi, chunki maqsadlarni birlashtirgan holda biz muvaffaqiyatga erishamiz!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by GSpeech
Ovozli olib borish
Sayt audio qo'llab-quvvatlash bor.
Matn eshitish uchun, sichqoncha bilan tanlash mumkin, keyin tugmasini bosing.