Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
05 aprel 2021 y. - y.

«Kapitalbank» ning 20-yilligini nishonlash va sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3-aprel kuni poytaxtimizdagi «Chigʻatoy» stadionida «Kapitalbank» rahbariyati tashabbusi bilan 9x9 formatida futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Chempionatda toʻrtta havaskor terma – «Toshkent-1», «Toshkent-2», «Gʻarb» va «Sharq» jamoalarini tashkil etgan bankning 70 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

«Korporativ futbol - bu nafaqat oʻyin, u chempionlikka intilish – bankning eng muhim korporativ maqsadlaridan biri – har bir narsada birinchi boʻlish, oʻz sohasida eng yaxshi boʻlish, bir jamoada ishlashdir. Bunday tadbirlar xodimlarga birgalikda harakat qilish, ish samaradorligini oshirish, raqobat tuygʻusini hamkorlik hissi bilan almashtirishga yordam beradi, shuningdek, boshqa boʻlinmalardagi hamkasblarini bilish imkonini beradi. Va bank rahbarlari nafaqat turnirni oʻtkazish boʻyicha taklifimizni nafaqat qoʻllab - quvvatladilar, balki oʻzlari ham ishtirok etganlaridan juda xursandmiz»,-deya taʼkidladi «Kapitalbank»ning HR-departamentidagilar.

Screenshot_15.png

Uchrashuv yakunida «Kapitalbank» ning birinchi futbol chempioni «Gʻarb» jamoasi boʻldi, u uchun Nukus, Buxoro, Samarqand hududiy filiallari xodimlari oʻynadilar. Ikkinchi oʻrinni «Toshkent-1» jamoasi, uchinchi oʻrinni esa «Sharq» hududiy jamoasi egalladi. Faxrli toʻrtinchi oʻrinni «Toshkent-2» jamoasi egalladi. Shuningdek, musobaqa davomida «Eng yaxshi oʻyinchi», «Eng yaxshi himoyachi» va «Eng yaxshi darvozabon»nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

Screenshot_23.jpg

«Biz havaskorlar turnirini professional turnir sifatida oʻtkazishga harakat qildik. Har bir oʻyinchi uchun raqam va familiyasi yozilgan individual kiyim tikdik, matchlarning hakamligi uchun Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi vakillari taklif etildi, kuboklar tayyorladik va hatto jonli efirni tashkil etdik. Biz uchun shu shanba kuni stadionga kelgan har bir xodim oʻzini haqiqiy futbolchi kabi his etishi va Oʻzbekistonning istalgan nuqtasida boʻlgan har bir xodim bu muhim voqeaga oʻz hissasini qoʻshishi mumkinligini his etishi muhim edi», - deya qoʻshimcha qildi «Kapitalbank»rahbariyati.

Screenshot_11 (1).png

«Kapitalbank» ning birinchi korporativ turniri anʼanaviy boʻlishga va kelgusi yilda yana futbol muxlislarini birlashtirishga vaʼda qilmoqda.



Ro’yxatga qaytish

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech