28.06.2026
Kapitalbank G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filialida yangi ekologik kovorking hududini ochdi.
Ushbu makon bankning shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, u talabalar uchun o‘qish, jamoaviy ishlash va dam olishga mo‘ljallangan zamonaviy maskanga aylanadi.

Yangi obyekt bankning 25 yilligiga bag‘ishlangan Eco-Zone Kapitalbank dasturining davomi hisoblanadi.

Universitet xovlisi hududida joylashgan ushbu makon faol yoshlar uchun maxsus yaratilgan bo‘lib, talabalar uchun darslarga qulay tayyorgarlik ko‘rish, jamoaviy loyihalar ustida ishlash, muloqot qilish hamda tanaffuslar vaqtida ochiq havoda hordiq chiqarish kabi barcha zarur sharoitlar bilan jihozlangan.

Kapitalbank uchun bunday tashabbuslar shunchaki shahar infratuzilmasini rivojlantirish emas, balki sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlash va oqilona iste’mol qilish madaniyatini shakllantirishga qo‘shilgan muhim hissadir. Zamonaviy eko-makonlar ta’lim olish va muloqot qilish uchun qulay muhit yaratadi, yoshlarni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi hamda yanada ekologik va zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida avval ochilgan Eco-Zone Kapitalbank maydonlari allaqachon poytaxt aholisining sevimli maskanlariga aylanib ulgurdi. Xususan, bank bosh hamkor sifatida ishtirok etgan “Yashil Uyim” ilmiy-ekologik festivali ushbu formatning shahar hayotiga muvaffaqiyatli tadbiq etilishining yorqin misollaridan biri bo‘ldi. Alpine Land bog‘idagi (sobiq “Lokomotiv” bog‘i) Eco-Coworking Kapitalbank hududi tadbirning asosiy maydoni bo‘lib, u shahar aholisini atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish g‘oyasi atrofida birlashtirdi.

Ekologik makonlar tarmog‘ini kengaytirar ekan, Kapitalbank ta’lim olish, o‘z ustida ishlash va muloqot qilish uchun qulay infratuzilmani yaratishda davom etmoqda. Bugungi kunda loyiha talabalar uchun Eco-Coworking va bolali oilalar uchun Family Eco-Zone formatlari orqali zamonaviy shahar muhitini shakllantirish hamda O‘zbekiston aholisi farovonligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilish kabi bir nechta yo‘nalishda rivojlanmoqda.
