Faollashtirish va xavfsizlik qoidalari

Kartani faollashtirish

  1. Kapitalbank mobil ilovasini yuklab oling va havola orqali identifikatsiyadan o‘ting.

  2. O‘zingizning kartangizni qo‘shing.

  3. O‘zingizning kartangizni qo‘shing.

  4. Uni faollashtiring va PIN-kod o‘rnating.

  5. Istalgan Visa/Mastercard bankomatida yangi PIN-kod bilan istalgan operatsiyani amalga oshiring. Har safar PIN-kod almashtirilganda bu amalni takrorlang.

  6. Kartangiz foydalanish uchun tayyor.

Xavfsizlik qoidalari

  • Karta ma’lumotlari va kodlarini begonalarga bermang; karta raqami va amal qilish muddati ko‘rinib turgan suratlarni yubormang.

  • Kartaning raqamini va orqa tomonidagi CVC/CVV-kodni bilib olgach, jinoyatchi kartasiz ham mablag‘ni yechib olishi mumkin bo‘ladi.

  • Onlayn to‘lovlar uchun faqat tasdiqlangan saytlar va qurilmalardan foydalaning; shubhali havolalarga kirmang va hatto tanish manzillarni ham shubhali harflar, raqamlar va belgilarga tekshiring.

  • Pulli obunalaringizni boshqaring — foydalanmayotgan obunalaringizni o‘chiring.

  • Shubhali operatsiyalar bo‘lsa, kartani darhol mobil ilova orqali yoki bank bo‘limida bloklang.

  • Agar katta qoldiqli kartadan uzoq vaqt foydalanmayotgan bo‘lsangiz, kartani vaqtincha bloklashni yoki mablag‘larni depozitga o‘tkazishni tavsiya etamiz.

Kartalar imtiyozlari

Kapitalbank Visa Platinum / Infinite

Visa Kapitalbank premium kartalari bilan siz O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab keng ko‘lamli xizmatlar va eksklyuziv takliflardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

@VisaConciegeBot — Visa imtiyozlari Telegramdagi shaxsiy yordamchingizdan boshlanadi

  • Kun-u tun ishlaydigan konserj xizmati — dunyoning istalgan nuqtasida shaxsiy yordamchi

  • DragonPass dasturi orqali 1200 dan ortiq biznes zallaridan foydalanish imkoniyati

  • CIP-Lounge — yuqori qulaylikka ega zallarga kirish imkoniyati

  • FastTrack — aeroportlarda pasport nazoratidan o‘tishning ustuvorligi

  • Aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlar: yukni o‘rash va saqlash, transfer, hamrohlik uchun chegirmalar

  • Butun oila a’zolari uchun 2 500 000 dollargacha sayohat sug‘urtasi

  • Bepul internet-rouming — 127 mamlakatda 3 GBdan iborat 3 ta paket

  • Xitoyda naqd pulsiz to‘lov imkoniyati — Visa kartasidan butun XXR hududida WeChat Pay va Alipay orqali, shu jumladan kontaktsiz to‘lov funksiyasi bilan to‘lash uchun foydalanish imkoniyati

O‘zbekistondagi imtiyozlar:

  • Toshkent xalqaro aeroportida yangi biznes-launj

  • Toshkentdagi premium restoranlarda 15% gacha chegirmalar

  • Mehmonxonalar, SPA va fitnes klublarda hamkorlik takliflari

  • Mahalliy va xalqaro hamkorlardan avtomobil ijarasi va taksi buyurtma qilishdagi afzalliklar

Batafsil ma’lumot: https://cis.visa.com/visa-in-uzbekistan/infinite.html



Kapitalbank Mastercard Black Edition / World Elite

Mastercard Kapitalbank kartalari kundalik hayotda yanada qulaylikni ta’minlaydi hamda O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab eksklyuziv xizmatlar, imtiyozlar va takliflardan foydalanish imkonini beradi.

Xalqaro imtiyozlar:

  • LoungeKey dasturi bo‘yicha biznes-zallar — butun dunyo bo‘ylab aeroportlarda 1500 dan ortiq launjlarga kirish imkoniyati

  • FastTrack — xalqaro aeroportlarda pasport nazoratidan o‘tishning ustuvorligi

  • Sayohatchilarni 1 500 000 dollargacha tibbiy sug‘urtalash (jumladan, oila a’zolari va hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun 25% dan 100% gacha qoplama bilan)

  • Bepul internet-rouming — dunyoning 208 mamlakatida 3 GB to‘plami

  • Chegarasiz keshbek — 450 dan ortiq xalqaro hamkorlardan xaridlarni to‘lashning global dasturi

  • Global hamkorlardan imtiyozlar: mehmonxonalar, avtomobil ijarasi, butiklar, restoranlar, xizmatlar

O‘zbekistondagi imtiyozlar:

  • Toshkent xalqaro aeroportida Anjir biznes-launjga kirish

  • Toshkentdagi restoranlarda chegirmalar va bonuslar

  • Mastercard mahalliy va xalqaro hamkorlaridan aksiyalar

Imtiyozlar haqida batafsil: https://www.mastercard.uz/ru-uz/consumers/offers-promotions/premium.html — rasmiy sahifasida