Mazkur yo‘nalish doirasida “Kapitalbank” ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- Barcha erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalar bilan xalqaro bozorda konversiya operatsiyalarini amalg oshirish;
- Intraday Split * shartlarida “ chet el valyutasi/O‘zbekiston Respublikasi valyutasi” konversiya bitimini tuzish;
- SVOP bitimlarini tuzish.
Tariflar
1. |
Ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan chet el valyutasi oldi-sottisi bitimlari bo‘yicha |
O‘zRVBda belgilangan kurs bo‘yicha konversiyalashga yo‘naltirilgan so‘mdagi summaning 1,2 foizi miqdorida |
2. |
Bitta chet el valyutasini boshqasiga olib-sotish bitimlari bo‘yicha |
Talab etiladigan chet el valyutasidagi summaning 1 foizi miqdorida ** |
3. |
Bankning o‘z mablag‘lari hisobiga mijozlarning safar xizmati xarajatlari uchun milliy valyutadagi mablag‘larini konvertatsiya qilish |
Summaning 2 foizi miqdorida |
4. |
Ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilish operatsiyalariga talabnomalarni qabul qilish va ular bilan ishlash |
Taqdim etilgan har bir talabnoma uchun 25 000 so‘m. |
* bu shunday bitimki, u bo‘yicha majburiyatlar Kontragent («tod», «tom», «spot», «forward») o‘z majburiyatlarini bajargandan keyingina Bank tomonidan bajariladi.
** Bitta chet el valyutasi mijozning o‘z valyuta mablag‘i manbai bilan konversiya qilinganda, vositachilik mukofoti miqdori kross-kursga kiritiladi va vositachilik haqi asosiy valyutada undiriladi.
*** Ichki valyuta bozorida sotib olingan bitta chet el valyutasi boshqa chet el valyutasiga konversiya qilinganda, vositachilik mukofoti mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan operatsiya amalga oshirilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha milliy valyutada yechib olinadi.
Banklararo kredit berish
Mazkur yo‘nalish doirasida “Kapitalbank” ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- belgilangan limit va/yoki taqdim etilgan ta'minot doirasida banklararo kreditlar berish;
- erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarda va O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida banklararo kreditlar berish;
- korrespondentlik (bank) hisobvaraqlardagi har kungi kredit qoldiqlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida va kelishuv bo‘yicha chet el valyutasida foizlar hisoblab yozish;
- korrrespondent-banklarga o‘rnatilgan limitlar doirasida “Loro” (AQSH dollarida, Yevroda, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida) korrespondentlik hisobvaraqlari bo‘yicha overdraft berish.
Banklararo operatsiyalarni amalga oshirish uchun ta'minot turlari
- erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar garovi evaziga;
- likvidligi yuqori qimmatli qog‘ozlar garovi evaziga.
Banknota operatsiyalari
Mazkur yo‘nalish doirasida “Kapitalbank” ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- - barcha erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarda va O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida banklararo banknotali bitimlarni amalga oshirish;
- - naqd chet el valyutasini qabul qilish/berish.