G‘aznachilik operatsiyalari
Ushbu yo‘nalish doirasida «Kapitalbank» ATB quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
barcha asosiy erkin almashtiriladigan valyutalar bilan banklararo bozorda konversion operatsiyalarni o‘tkazish
Intraday Split* shartlarida «xorijiy valyuta/O‘zbekiston Respublikasi valyutasi» konversion bitimini tuzish
SVOP bitimlarini tuzish
Tariflar
Ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan xorijiy valyutaning oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha O‘zRVB savdolarida belgilangan kurs bo‘yicha konvertatsiyaga taqdim etilgan so‘mdagi summadan 1,2%
Bir xorijiy valyutani boshqasiga oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutadagi talab qilinadigan summaning 1 foizi**
Mijozlarning milliy valyutadagi mablag‘larini bankning o‘z mablag‘lari hisobidan xizmat safari xarajatlariga konvertatsiya qilish summaning 2 foizi
Ichki valyuta bozorida so‘mlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va qayta ishlash Har bir topshirilgan ariza uchun 25 000 so‘m
* Bank tomonidan majburiyatni bajarish faqat Kontragent tomonidan majburiyat bajarilganidan keyin amalga oshiriladigan bitim ("tod," "tom," "spot," "forward").
** Mijozning o‘z valyuta mablag‘lari manbaiga ega bo‘lgan bir chet el valyutasini boshqa chet el valyutasiga konvertatsiya qilishda vositachilik haqi miqdori kross-kursga kiritiladi va vositachilik haqi bazaviy valyutada undiriladi.
*** Ichki valyuta bozorida sotib olingan bir xorijiy valyutani boshqa xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishda vositachilik haqi mijozning milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan operatsiya o‘tkazilgan sanadagi O‘zR MB kursi bo‘yicha yechib olinadi.
Banklararo kreditlash
Ushbu yo‘nalish doirasida ATB «Kapitalbank» quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
belgilangan limitlar va/yoki taqdim etilgan ta’minot doirasida banklararo kreditlar berish
asosiy erkin almashtiriladigan valyutalarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida banklararo kreditlarni jalb qilish
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi va xorijiy valyutadagi korrespondentlik (bank) hisoblaridagi kunlik kredit qoldiqlariga foizlar hisoblash — kelishuv bo‘yicha
«Loro» korrespondentlik hisoblari bo‘yicha (AQSH dollari, Yevro, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida) korrespondent banklarga belgilangan limitlar doirasida overdraft berish
Banklararo operatsiyalarni o‘tkazish uchun ta’minot turlari
Erkin almashtiriladigan valyutalar garovi;
Yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar garovi.
Banknot operatsiyalari
Ushbu yo‘nalish doirasida ATB «Kapitalbank» quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
barcha asosiy erkin almashtiriladigan valyutalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi bilan banklararo banknot bitimlarini o‘tkazish;
naqd xorijiy valyutani qabul qilish/berish.