Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik
Bank tomonidan xalqaro hamkorlikning rivojlantirilishini biznesni o'stirish manbalarini diversifikatsiyalash, zaxira bazasini mustahkamlash va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga bank mijozlarini moliyalashtirishni tashkil etish zarurati bilan tushuntirib berish mumkin.
Xalqaro bozorlarga chiqish bankning xalqaro hamkorlikning faol ishtirokchisi sifatida obro'sini mustahkamlaydi, mijozlarning moliyaviy manfaatlarini himoya etish va bank brendining xorijda targ'ib qilinishiga yordam beradi hamda bank oldida yangi ko'nikmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyati ochadi.
Bank xalqaro moliya institutlari va rivojlanish banklarining kredit liniyalarini jalb etish va o'zlashtirish bo'yicha boshlagan ishini davom ettiradi. Bankning bosh maqsadi kichik va xususiy biznes sub'ektlarini qayta moliyalashtirish uchun uzoq muddatli zaxiralarni jalb etishdir.
Bugungi kunda bank tomonidan Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasining moliyalashtirish liniyasi jalb etilib, muvaffaqiyatli o'zlashtirildi.
YETTB va Osiyo taraqqiyot banki bilan mikromoliyalashtirish maqsadlarida kredit liniyalarini jalb etish bo'yicha hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'yish bankning kelgusidagi rejalaridan o'rin olgan.
Shuningdek, bank uzoq muddatli investitsiyalar uchun sug'urta qoplamalari va G'arbning tijorat banklari kreditlarini olish maqsadida yetakchi eksport-kredit agentliklari (EKA) bilan jadal hamkorlikni yo'lga qo'yish niyatidadir.
Bankning xalqaro tashkilotlarda a'zoligi:
- VISA International xalqaro to'lov tizimi (assotsiatsiyalashgan hamkorlik);
- Western Union – tezkor po'l o'tkazmalari tizimi (agentlik);
- Jahon banklararo moliya telekommunikatsiyalari jamiyati (S.W.I.F.T.).