Sindikatlashtirilgan kreditlash

Sindikatlashtirilgan kredit — bu yirik investitsiya loyihalarini bir nechta bank tomonidan birgalikda kreditlashdir.

Sindikatlashtirilgan kredit bo‘yicha jalb qilingan mablag‘lar loyihalarni moliyalashtirishga, tovar-moddiy zaxiralar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovga, shuningdek boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin.

Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida ATB «Kapitalbank» sindikatlashtirilgan kreditlashni ko‘rib chiqishga tayyor, unda bir nechta bank yirik loyihani moliyalashtiradi.

ATB «Kapitalbank» Bank Mijozlari uchun bunday sindikatlarning yetakchi banki sifatida ham, moliya bozori ishtirokchi-banki sifatida ham chiqishi mumkin.

Sindikatlashtirilgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga berilishi mumkin.

Beriladigan sindikatlashtirilgan kreditlarning muddati yirik investitsiya loyihasining qoplanish muddatiga qarab belgilanishi kerak.

Xorijiy banklar va boshqa moliya muassasalari sindikatlashtirilgan kreditlashda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. ATB «Kapitalbank» katta imkoniyatlarga va xorijiy banklar bilan hamkorlikning amaliy tajribasiga ega ekani xorijiy banklar resurslarini jalb qilish imkonini beradi.

Bank sektorida yaxshi obro‘ qozonib va O‘zbekiston banklari orasida yetakchi o‘rinni egallab, ATB «Kapitalbank» mijozlarga sindikatlashtirilgan kreditlar berish uchun barcha zarur sifatlar va professional jamoaga ega.