21.07.2026
Jismoniy shaxslar uchun eskrou-hisobvarag‘idan foydalanish tariflariga qo‘shimcha kiritildi
«Kapitalbank» ATBning jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha komission mukofot tariflariga quyidagi qo‘shimcha kiritildi.
«Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari» nomli 1-bob, «Jismoniy shaxsning talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish» B bo‘limining, «Jismoniy shaxslarning eskrou hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish» E) kichik bandi quyidagi tarif bilan to‘ldirildi:
Jismoniy shaxslar uchun eskrou-hisobvarag‘idan boshqa maqsadlar uchun foydalanish — bitim miqdoridan qat’iy nazar, har bir operatsiya uchun 100 000 (yuz ming) so‘m.