27.10.2026

iPhone’ingiz — Kapitalbank kartangiz!
Apple Pay endi O‘zbekistonda. Har kungi xaridlar uchun to‘lov endi yanada qulay — Apple qurilmalari va Apple Pay texnologiyari yordami bilan, albatta. Kapitalbank mijozlari o‘z kartasini ulab, iPhone, Apple Watch, iPad yoki Mac yordamida tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Apple Pay — Kapitalbank kartasidan barcha Apple qurilmalaringizda foydalanishning oson va xavfsiz usuli. Xizmatdan butun dunyo bo‘ylab millionlab savdo nuqtalari va onlayn-do‘konlarda foydalansa bo‘ladi. Shu sababli endi plastik karta yoki naqd pulni yoningizda olib yurishingiz shart emas. Aslida, iPhone’ingiz Kapitalbank kartangizga aylanadi.
Kartani Apple qurilmasidagi Apple Pay’ga qo‘shish juda oson. Avval Kapitalbank mobil ilovasiga kiring va Kapitalbank’ning mos Visa va Mastercard kartangizni toping. «Add to Apple Wallet» tugmasini bosing va ko‘rsatmalarga amal qiling. Kartani qo‘shish uchun sizga SMS orqali yuboriladigan kodni kiritish kerak bo‘ladi. Siz tasdiqlaganingizdan so‘ng karta qo‘shiladi va Apple Pay bilan foydalanishga tayyor bo‘ladi.
Muhim ma’lumotlar xavfsizligidan xavotirlanishingiz shart emas: Apple Pay Apple qurilmangizga o‘rnatilgan maxfiylik va xavfsizlik funksiyalaridan foydalanadi. Xaridlar paytida karta raqamingiz na qurilmada, na Apple serverlarida saqlanadi. U sotuvchilarga hech qachon uzatilmaydi. Shu bilan birga, har bir to‘lov Face ID, Touch ID, Optic ID yoki parol orqali tasdiqlanishini talab qiladi. Bu to‘lovlarni faqat siz amalga oshira olishingizni kafolatlaydi.
Kapitalbank’ning mos Visa va Mastercard kartalari Apple Pay’da mavjud.
Apple Pay’dan foydalanish shartlari amal qiladi.