14.10.2026

Ipoteka krediti bo‘yicha oylik to‘lovingiz yuqorimi? Kreditingizni boshqa bankdan Kapitalbankga o‘tkazib, yanada qulayroq shartlarda to‘lovlarni davom ettiring.
Qayta moliyalashtirish amaldagi ipoteka kreditingiz bo‘yicha foiz stavkasi va kredit muddatini o‘zgartirish imkonini beradi. Masalan, agar kreditingiz boshqa bankda yillik 24–25% stavkada rasmiylashtirilgan bo‘lsa, uni Kapitalbankda yillik 21% stavkada qayta moliyalashtirishingiz mumkin.
Bunda yangi kredit muddati 10 yilgacha belgilanishi mumkin, hatto amaldagi ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov muddati bundan qisqaroq bo‘lsa ham. Masalan, amaldagi kreditni to‘lash uchun yana 6 yil qolgan bo‘lsa, Kapitalbankda yangi kredit 10 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirilishi mumkin.
Pastroq foiz stavkasi va kredit muddatini uzaytirish imkoniyati oylik kredit yuklamasini sezilarli darajada kamaytirib, to‘lovlarni yanada qulaylashtirishi mumkin.
Asosiy shartlar:
• miqdori — 1 mlrd so‘mgacha;
• muddati — 10 yilgacha;
• foiz stavkasi — yillik 21%;
• kredit O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga taqdim etiladi;
• ijobiy kredit tarixi va muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi talab etiladi.
Qayta moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi?
Kapitalbank yangi ipoteka krediti ajratadi va ushbu kredit mablag‘lari dastlabki kredit bergan bankdagi amaldagi ipoteka qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltiriladi. Qarzdorlik so‘ndirilgach, mijoz yangi kredit shartnomasi shartlariga muvofiq to‘lovlarni Kapitalbankga amalga oshirishni davom ettiradi.
Kredit har oy annuitet to‘lovlari, ya’ni teng miqdordagi oylik to‘lovlar orqali so‘ndiriladi.
Muhim ma’lumot
Qayta moliyalashtirish ilgari turar joy sotib olish uchun rasmiylashtirilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha mavjud. Dastur Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturi doirasida ajratilgan ipoteka kreditlariga tatbiq etilmaydi.
Qayta moliyalashtirish shartlari haqida batafsil ma’lumotni Kapitalbank filiallaridan, kapitalbank.uz saytidan yoki 1340 raqami orqali aloqa markazidan olishingiz mumkin.