15.10.2026

Tadbirkorlar endi hisob raqami ochish uchun ish vaqtini bank filialiga borib-kelishga sarflashi shart emas. Kapitalbank menejeri biznes yuritish uchun hisob ochishda yordam berish uchun ofisga, uy manziliga yoki o‘zingizga qulay bo‘lgan istalgan joyga o‘zi keladi.
Kapitalbankning sayyor xizmat ko‘rsatish xizmati yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun maksimal qulaylik va vaqtni tejashga qaratilgan. Endi o‘z ish jadvalingizni bank filialining ish rejimiga moslashtirishingiz shart emas. Kapitalbank mutaxassisi oldindan kelishilgan joyga kelib, zarur maslahatlar beradi va kerakli hujjatlar to‘plamini to‘g‘ri rasmiylashtirishda yordam beradi.
Xizmat bepul taqdim etiladi, hisob raqamini ochish jarayoni esa hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng atigi 2 soat davom etadi. Sayyor xizmat ko‘rsatish geografiyasi ushbu bosqichda Toshkent va Samarqand shaharlari hamda Toshkent viloyatini qamrab oladi.
Xizmatdan foydalanish va mutaxassisni chaqirish uchun qulay usulda ariza qoldirish kifoya:
• +998 78 148-11-22 telefoni orqali;
• 1278 qisqa raqami bo‘yicha;
• Telegramda: @sales_kapitalbank.
Arizani rasmiylashtirishda «Sayyor hisob» kodli iborasini ayting yoki yozing. Bank xodimi murojaatingizni qayd etadi va shaxsan uchrashuv vaqtida sizga sovg‘a taqdim etadi.
Tashkiliy masalalarni bizga ishonib topshiring va bo‘shagan vaqtingizni ishingizni rivojlantirishga bag‘ishlang!