15.10.2026

«Kapitalbank» ATB rahbariyatining Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Surxondaryo aholisi hamda tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti

«Kapitalbank» ATB rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo hududlarida yashovchi aholi hamda tadbirkorlar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan muammolar, dolzarb masalalar va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

«Kapitalbank» ATB boshqaruvchi direktori Mirzajonov Husan Ravshanovich kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mijozlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tezkor hal etish hamda bank xizmatlari sifatini yanada oshirishdan iborat.

«Kapitalbank» ATB aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni rivojlantirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratadi.