30.10.2026

Kapitalbank «Visa Kapitalbank virtual kartasi bilan to‘lang — sovrinlar yutib oling!» promo-aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi.
2026-yil 26-oktyabrdan 2027-yil 30-yanvargacha bank mijozlari xaridlarni Apple Pay orqali Visa Kapitalbank virtual kartasi bilan to‘lab, oltita noutbuk va oltita Sony PlayStation o‘yin pristavkasi o‘ynaladigan yutuqli o‘yinda ishtirok etishlari mumkin.
Aksiyada qanday ishtirok etish mumkin?
Ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:
Kapitalbank mobil ilovasida Visa Kapitalbank virtual kartasini ochish;
kartani Apple Wallet’ga qo‘shish;
kamida 150 000 so‘m, 12 AQSH dollari yoki 12 yevro miqdoridagi xaridlarni smartfon orqali to‘lash.
Aksiya shartlariga javob beradigan har bir xarid yutish uchun bitta imkoniyat taqdim etadi. Xaridlar va, shunga mos ravishda, ishtirok etish imkoniyatlari soni cheklanmagan.
Qanday sovrinlarni yutib olish mumkin?
Aksiya olti bosqichda bo‘lib o‘tadi. Har bir bosqich doirasida shartlarni bajargan ishtirokchilar o‘rtasida bitta noutbuk va bitta Sony PlayStation o‘yin pristavkasi o‘ynaladi. G‘oliblarga jami 12 ta sovrin: oltita noutbuk va oltita o‘yin pristavkasi topshiriladi.
G‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi. Yutuqli o‘yinlarni Kapitalbank’ning Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘oliblar haqidagi ma’lumotlar bankning rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Aksiyada O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan 18 yoshdan katta jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. Kapitalbank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiya Visa Kapitalbank virtual kartalarini ommalashtirish va naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1340 qisqa raqami orqali olish mumkin.
Aksiya tashkilotchisi — «Kapitalbank» ATB.